Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:25

Migratsiya agentligi Rossiyada yurgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi


O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosi (arxiv surati)
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosi (arxiv surati)

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan yoki chiqib ketayotgan yoxud Rossiya hududida yurgan o‘zbekistonliklarni 22-mart kuni Moskva viloyatida ro‘y bergan terror xuruji tufayli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilayotganidan ogohlantirdi va ulardan mazkur xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘radi.

“Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi”, deyilgan Tashqi migratsiya agentligi xabarnomasida.

Agentlik Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga biror muammoga duch kelgan taqdirda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan O‘zbekistonning konsullik idoralariga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligini eslatgan.

Joriy yilning 22-mart oqshomida kamuflyajli bir necha kishi Moskva chetidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida odamlarni o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lib, kuchli yong‘in boshlangan. Terror xuruji natijasida halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 139 nafarga yetgan, kamida 180 kishi tan jarohati olgan.

XS
SM
MD
LG