Линклар

Шошилинч хабар
30 май 2024, Тошкент вақти: 21:37

"Minglab odam ishsiz qoladi". Xususiy avtosalon egalari prezident Mirziyoyevga murojaat qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18-martida e’lon qilgan qaroriga go‘yoki Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi BYD shirkati O‘zbekiston hukumatiga qilgan murojaati asos qilib olingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18-martida e’lon qilgan qaroriga go‘yoki Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi BYD shirkati O‘zbekiston hukumatiga qilgan murojaati asos qilib olingan.

O‘zbekistondagi yuzlab elektromobil sotuvchi avtosalonlar egalari mahalliy Telegram kanallarida prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaatlar joyladi.

Ular prezidentdan elektromobil importiga joriy etilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘rashmoqda.

Murojaatchilarning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qarorining ijrosi natijasida minglab odam ishsiz qolishi mumkin.

Хусусий автосалон эгалари президентга мурожаат қилди 1
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00

Ammo cheklovlarni joriy qilgan prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zi.

Uning shu yil 18-martida e’lon qilgan qaroriga go‘yoki Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yetakchi BYD shirkati O‘zbekiston hukumatiga qilgan murojaati asos qilib olingan.

Murojaatda Xitoy shirkati O‘zbekiston hukumatidan “tartibsiz importni cheklash”ni so‘ragani iddao qilinadi.

Ammo murojaatning o‘zi qarorga ilova qilinmagan va uning matni hech qayerda e’lon qilingani yo‘q.

Buning ustiga, qarorda hukumatga joriy yilning birinchi iyuliga qadar takliflarni ishab chiqish topshirilganiga qaramay, oradan ikki haftadan kamroq vaqt o‘tib, cheklovlar kuchga kirdi.

Kuchga kirganda ham faqat BYD avtomobillari emas, umuman, elektromobilar importiga.

Хусусий автосалон эгалари президентга мурожаат қилди 2
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00

Hozirda 400 dan ortiq tadbirkor cheklovlar bois “boshiga berk ko‘chaga kirib qolgani”ni aytmoqda.

Tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilning o‘zida xususiy tadbirkorlar 630 million dollarlik 21 ming dona elektromobil olib keldi. QQS, utilizatsiya va boshqa to‘lovlar hisobiga byudjetga 1 trillion 250 milliard so‘m tushum tushgan.

Ammo bu raqamlardan hamma ham ta’sirlanmasligi mumkin.

Xususan, O‘zbekistonning avtomobil monopolisti – UzAuto Motors.

UzAuto Motors o‘tgan yili qariyb 5 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarib O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egallagan.

Ammo aftidan, UzAuto Motors uchun bu chegara emas.

Davlat shirkati endilikda gaz va benzin taqchilligidan surunkali aziyat chekayotgan o‘zbekistonliklar orasida kundan-kunga ommalashib borayotgan elektromobillar bozoriga ko‘z tikkan.

Ўзбекистон нега BYD импортини чекламоқчи?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:28 0:00

O‘tgan yil dekabrida davlat monopoliyachisi Xitoyning BYD shirkati bilan O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilishga doir kelishuvni imzoladi.

BYD ning Jizzaxdagi zavodi shu yil iyunida ishga tushirilishi aytilmoqda.

Bir tomondan, dunyo elektromobil bozoridagi yetakchi shirkatlardan biri bilan hamkorlikda o‘zbek elektromobil brendining yaratilish istiqboli ko‘pchilikni xursand qiladigan yangilikdek.

Ammo o‘zbekistonliklar avtomobil sotib olishda uzoq yillik achchiq tajribaga ega.

“Albatta, BYD bilan hamkorlikda shaklan o‘zbek elektromobili yaratilishi mumkin, balki, bu kimlarnidir quvontirar ham. Lekin bilingki, siz eng sifatsiz va zamondan ortda qolgan elektromobillarni eng qimmat narxda uzoq muddatli kutishlar va sansalorliklar bilan sotib olishga mahkum etilasiz”, deb yozdi iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘zining Telegram-kanalida.

Mirziyoyev imzo chekkan so‘nggi qaror aynan UzAuto Motors ning o‘z monopoliyasini elektromobillar bozoriga tomon kengaytirish rejasi bilan izohlanmoqda.

O‘tmishda prezident Shavkat Mirziyoyev UzAutoMotors monopoliyasini tanqid qilgan va maqtalgan korxona davlat va xalqqa foyda keltirmaganini tan olgan edi.

Prezident elektromobillar O‘zbekiston avtomobillar bozorida raqobat paydo qilishi va pirovardida UzAuto Motors monopoliyasiga barham berishini ham aytgan.

Ammo bir vaqtning o‘zida Mirziyoyev davlat byudjetidan UzAuto Motors monopoliyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Hatto kovid inqirozi paytida byudjetdan monopolistga milliardlab mablag‘ ajratdi.

Umuman, UzAuto Motors‘ning hukumatdagi lobbisi nafaqat mashina sotib olish uchun navbatda turib charchagan oddiy o‘zbekistonliklar, balki ekspertlar uchun ham katta jumboq.

Monopolistning manfaatlari hukumat, davlat tepasidagi kimlarning manfaatlari bilan chatishib ketgani haqida turlicha farazlar urchigan.

O‘zbek avtomobil bozorida paydo bo‘layotgan yangi o‘yinchilar esa bu farazlarni yanada ko‘proq urchitmoqda.

"Мирзиёевлар Амирлиги": Тармоқни титратган Озодлик суриштируви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:57 0:00

Shu hafta boshida prezident Shavkat Mirziyoyevga Jizzaxga tashrifi chog‘ida taqdim etilgan raqamlarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston avtomobil bozorida UzAuto Motorsdan keyingi ikkinchi yirik ulushni ADM Jizzakh shirkati egallagan.

Uning bozordagi umumiy ulushi 5,5 foizni tashkil etgan. ADM Jizzakh 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil sotgan.

ADM Jizzakh zavodi Mirziyoyevning jiyani, DXX zobiti Bahrom Mirziyoyev yoki ochiq reyestr hujjatlaridagi ism-sharifiga ko‘ra, Mirbahrom Asrorovga tegishli.

216 million dollarlik ADM Jizzakh zavodi Bahrom Mirziyoyev asosiy mulkdori bo‘lgan Rodell MCHJ O‘zbekiston avtosanoatida ta’sis etgan 10 dan ortiq shirkatdan faqat bittasi.

Gazeta uz nashrining yozishicha, ADM Jizzakh ishlab chiqarishni 60 mingtaga yetkazib, import o‘rnini bosishni va qo‘shimcha qiymatni 520 mln dollarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Gazeta.uz 11-aprel kuni elektromobil sotuvchi avtosalonlar rahbarlarining prezident Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llagani haqidagi maqolasini saytdan hech bir izohsiz o‘chirib tashladi.

Bir vaqtning o‘zida UzAuto Motors va ADM Jizzakh zavodlari faoliyatiga doir bir nechta ijobiy maqola saytga joylandi.

Bu esa mopoliya va uning ko‘rinmas qo‘llari haqidagi savollarni yanada ko‘paytiradi.

XS
SM
MD
LG