Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:19

218 mln kishi ochlik xavfi ostida. O‘zbekistonda non yanada qimmatlashi kutilmoqda


Pokistonlik dehqonlar don hosilini o‘rmoqda
Pokistonlik dehqonlar don hosilini o‘rmoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli oziq-ovqat taqchilligi yuzaga kelgani, narxlarining balandligi hamda o‘g‘itlar taqchilligi oqibatida dunyo bo‘ylab ochlikda yashaydiganlar soni 218 million kishiga yetadi. Bu ko‘rsatkich Yer kurrasi aholisining 3 foizini tashkil qiladi. Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida BMT vakili Mauritsio Martina bayonot berdi.

Mana shunday sharoitda O‘zbekiston hukumati bu yil o‘tgan yilgidan 1 million tonna ko‘p bug‘doy yetishtirilishi kutilayotganini bildirmoqda.

Ayni paytda mamlakat bozorida un narxi keskin oshgan. G‘alla o‘rimi arafasida hukumat qabul qilgan qaror ijrosi narxlarning yanada ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Ukrainaning qamaldagi 20 mln tonna doni

“Inqiroz boshlangunichayoq ochlar soni dunyo bo‘ylab o‘sayotgan, 2021-yili 53 mamlakatda ochlikda yashayotganlar soni qariyb 200 mln kishiga yetgan edi. Shu kundagi urush esa, ochlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada abgorlashtiradi”, degan BMT vakili Mauritsio Martina.

Ukrainaga qarashli portlarda 6 million tonna bug‘doy va qariyb 14 million tonna makkajo‘hori urush tufayli jo‘natilmay turibdi.

BMTning yangi hisob-kitoblariga qaraganda, Ukrainaga qarashli portlarda 6 million tonna bug‘doy va qariyb 14 million tonna makkajo‘hori urush tufayli jo‘natilmay turibdi. Dunyodagi rivojlanayotgan 55 davlatdan kamida 36 tasi Ukraina va Rossiyadan eksport qilinadigan bug‘doyga qaram.

O‘zbekiston o‘tgan yilgidan ko‘proq bug‘doy yetishtirmoqchi

2022-yili O‘zbekistonda 1 mln 27 ming gektar maydonda bug‘doy ekildi. Bu haqda joriy yil martida xabar qilgan Qishloq xo‘jalik vazirligiga ko‘ra, bu yil iyun-iyul oylarida 7 mln 679 ming tonna hosil olinishi kutilmoqda. Vazirlikka ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021-yilgi ko‘rsatkichdan 1 mln tonnaga ko‘pdir.

2021-yili O‘zbekistonda 6 mln 656 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2021-yili O‘zbekistonda 6 mln 656 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lib, shundan 2 mln 533 ming tonnasi respublika don zahiralari uchun «O‘zdonmaxsulot» AJ hududiy korxonalarida jamg‘arilgan, 4 mln 123 ming tonnasi fermerlar va aholi ixtiyorida qolgan.

O‘tgan yil yakuniga qadar 2 mln 771 ming tonna bug‘doy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozog‘istondan import qilingan hamda 26,8 ming tonna bug‘doy doni (Tojikistonga 94% va Qirg‘izistonga 6%) va 949,1 ming tonna un (1 mln 265 ming tonna bug‘doy hisobida) Afg‘onistonga eksport uchun yo‘naltirilgan.

Transport vazirligiga yaqin tadbirkor Qishloq xo‘jaligi vazirligining bu ma’lumotlarini sharhlar ekan, “Bu raqamlarga ishonsa bo‘ladi. Bug‘doy bilan bog‘liq vaziyat yomon emas. Hukumat bug‘doy masalasiga alohida e’tibor qaratyapti”, dedi.

Qashqadaryoning Kosonidagi Fermer hududlaridan birining rahbari Normurod Allayorovning Ozodlikka bildirishicha, u yashab turgan hududda “bu yil bug‘doy taqchil bo‘ladi, degan vahima yo‘q. Hosil yaxshi, 2-3 kundan keyin bug‘doyga o‘roq tushadi”.

Normurod Allayorovga ko‘ra, bu yil kosonlik fermerlar har gektaridan 40 sentnerdan hosil olishga umid qilib turibdi:

90-yillar boshida gektaridan 20 sentner hosil olsak, suyunardik. Bir necha yil oldin 25-30 sentnerdan olganmiz.

“90-yillar boshida gektaridan 20 sentner hosil olsak, suyunardik. Bir necha yil oldin 25-30 sentnerdan olganmiz. Biroq keyingi yillarda o‘g‘it va suv ta’minoti yaxshilangani sababli hosildorlik oshdi”.

O‘zbekiston qayerdan qancha un import qiladi?

2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi 10-mayda xabar qilgan.

Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 91,2 ming tonna
  • Rossiya – 1,3 ming tonna
  • AQSh – 50 tonna
  • Italiya – 12,4 tonna
  • Fransiya – 1,8 tonna

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan qiymati 201,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan bug‘doy import qilgan.

Fransiyadan 1,8 tonna?

AQShdan 50 tonna, Italiyadan 12,4 tonna, Fransiyadan 1,8 tonna. Nega bu qadar kichik raqamlar?

Bu savolga javoban Transport vazirligiga yaqin tadbirkor Albatta, bug‘doy sohasida O‘zbekistonning asosiy hamkori Qozog‘iston. Bu sohada Rossiyani Qozog‘istonga qiyoslab ham bo‘lmaydi. AQSh, Italiya va Fransiyaga oid raqamlarni sharhlashgayam hojat yo‘q – bu mamlakatlardan bug‘doy sinov uchunmi, tajriba uchunmi olib kelingan bo‘lishi mumkin”, dedi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining bu ma’lumotlarini sharhlar ekan, tadbirkor “Bu raqamlarga ishonsa bo‘ladi. Bug‘doy bilan bog‘liq vaziyat yomon emas. Hukumat bug‘doy masalasiga alohida e’tibor qaratyapti”, dedi.

O‘zbekiston bozorlarida un keskin qimmatladi

Farg‘onaning Rishton tuman markaziy bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan un narxlariga oid ma’lumotlarni kuni kecha bloger Dima Qayum e’lon qildi.

Shu kunda Qozog‘istondan import qilingan unning 50 kilolik bir qopi 390-400 ming so‘mdan sotilmoqda.

Blogerning yozishicha, shu kunda O‘zbekistonda yetishtirilgan bug‘doy unining 45 kiloli bir qopi o‘rtacha 240 ming so‘mga (bir kilosi 5 333 so‘m) sotilmoqda. Qozog‘istondan import qilingan unning 50 kilolik bir qopi 390-400 ming so‘m (bir kilosi 8 ming)

Bloger Dima Qayumning aytishicha, un narxi bilan Ukrainadagi urush o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor:

“Har holda urush boshlangunicha, bir qop un 50 – 80 so‘mdanga arzonroq edi”.

Mamlakatning boshqa hududlarida ham ahvol shunday ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkentlik uy bekasining aytishicha, “Shu kecha-kunduzda Sergeli dehqon bozorida yaqindagina 7 ming bo‘lgan unlar 9 ming, 11 minglik unlar 14 ming bo‘ldi. Arzon unlar ham bor. Lekin ular juda mo‘rt, ularning narxiyam keskin oshdi – 6 mingga chiqdi. Eng zo‘r unlar 15 mingga chiqdi. Bir-ikki oy oldin 13 ming edi”.

Prezidentning bug‘doy qarori

O‘zbekiston prezidenti 28-mayda “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Mazkur hujjatga binoan, davlat rahbari matbuot kotibining xabar qilishicha, 1-iyundan boshlab davlat resurslari uchun sotib olinadigan 1 tonna bug‘doy narxi o‘tgan yildagi 1 million 550 ming so‘mdan joriy yil hosili uchun 3 million so‘mga, ya’ni 2 baravarga oshiriladi.

Qarorga binoan fermer har gektar yerdan olingan hosilning 25 sentnerini 3 million so‘mdan sotadigan bo‘lib turibdi.

Kosondagi Fermer hududlaridan birining rahbari Normurod Allayorovning yangi qarordan xabari bor:

“Qarorga binoan fermer har gektar yerdan olingan hosilning 25 sentnerini 3 million so‘mdan sotadigan bo‘lib turibdi. Qolgan qismini birja narxlarida sotishi mumkin. Qani, hosilni yig‘ib olaveraylikchi, ko‘ramiz...”

Qo‘yga yedirilayotgan qolipli non?

Ushbu maqola yozilayotgan kuni Iqtisodiyot vazirligi G‘alla bozorini erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati” tahlilini e’lon qildi. Vazirlik tahlilida mana bu gap ham bor:

“Toshkent shahrida qoplipli non arzon narxda ushlatib turilishi tufayli, uni qo‘y va mol uchun sotib olish holati ko‘payib ketdi, chunki qolipli narxi, yem uchun sotib olinadigan bug‘doydan ham arzon bo‘lib qoldi”.

Bu gapni sharhlagan ayrim blogerlar tez orada non narxi oshishini taxmin qildi.

XS
SM
MD
LG