Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 13:15

Moskva aeroportlarida mingdan ziyod tojikistonlik tutib turilibdi


Moskvadagi Vnukovo aeroporti (arxiv surati)
Moskvadagi Vnukovo aeroporti (arxiv surati)

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva aeroportlarida Rossiyaga qonuniy yo‘llar bilan kirishga uringan mingdan ziyod tojikitsonlik ushlab turilgani haqida ma’lum qildi. Ular tegishli sanitariya shart-sharoitisiz saqlanayotgani va issiq ovqat bilan ta’minlanmayotgani aytilmoqda, deya xabar qildi Ozodlikning tojik xizmati.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, birgina Vnukovo aeroportining vaqtincha saqlash hududida 28-aprel tongida Tojikistonning 954 nafar fuqarosi bo‘lgan, ular orasida Rossiya oliy ta’lim muassasalaridan o‘qiydigan talabalar ham bor. Ko‘p soatlik kutishdan so‘ng ulardan faqat 322 nafari chegara nazoratidan o‘tkazilgan. 306 kishini vataniga qaytarib yuborish rejalanmoqda.

Bu kabi cheklov choralari faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmoqda”, deya ta’kidlangan TIV bayonotida.

Rossiya rasmiylari holat yuzasidan hali izoh bergani yo‘q.

Avvalroq Tojikiston TIV fuqarolariga Rossiyaga borishdan tiyilib turishni tavsiya qilgan edi. Garchi vazirlik bayonotida bu haqda ochiq aytilmagan bo‘lsa-da, qator huquqbonlar tavsiyaga tojikistonliklar “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi teraktdan so‘ngi Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan siquvga olinayotgani sabab bo‘lganini taxmin qilmoqdalar. Rossiya rasmiylari teraktni amalga oshirganlikda aynan shu mamlakat fuqarolarini ayblashmoqda. Bu orada ayblanuvchilardan kamida bir kishi qo‘lga olinish chog‘ida va so‘roq paytida qiynoqqa solingan.

XS
SM
MD
LG