Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:44

Moskva sudi "Memorial" faoli Bahrom Hamroyev uyini tortib oldi


Inson huquqi faoli Bahrom Hamroyev.
Inson huquqi faoli Bahrom Hamroyev.

Moskva shahar sudi “Memorial” inson huquqlari markazi faoli Bahrom Hamroyevning ipotekaga sotib olgan uyini tortib olish haqida qaror chiqardi.

Sud bu qaroriga Bahrom Hamroyev VTB-bankka uch oy ipoteka to‘lovi qilmaganligini asos qilib keltirdi.

Bahrom Hamroyevning Ozodlikka aytishicha, u kovidga chalinib kasalxonada yotgan paytda haqiqatan ham uch oy to‘lov qilolmagan, lekin bu uyni tortib olib, boshqaga sotib yuborish uchun asos bo‘la olmaydi.

Huquq faoli bu holatni Navalniy namoyishlarida ishtirok etgani, siyosiy faoliyati va muhojirlar huquqlarini himoya qilib kelgani bilan bog‘lamoqda.

Bahrom Hamroyevning kvartirasi bilan bog‘liq mojaro Rossiya hukumatining Inson huquqlari "Memorial" jamiyatini yopish harakatlari davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Bahrom Hamroyev 14 - dekabr kuni o‘zining Feysbuk sahifasida bunday xabar qoldirdi:

“Mana hozirgina Moskva sudi poytaxt hukumati bilan bog‘liq guruh foydasiga mening kvartiramni tortib oldi”.

Bahrom Hamroyevning Ozodlikka aytishicha, kasal bo‘lib qolgan va moliyaviy qiyinchiliklar sabab, uch oyga ipoteka to‘lovini qila olmagan. U bu haqda VTB-bankka bir necha marta borib ogohlantirgan, boshqa variantlarni taklif qilgan, lekin bank unga quloq solmay kvartirani savdoga chiqarib yuborgan.

Hamroyevning iddaosiga ko‘ra, kvartirani tortib olib, uni uysiz qoldirish Rossiya hukumatining “zakaz”i bo‘lgan:

“Shuning uchun ham sud biz tomon keltirgan birorta asosni ham inobatga olmadi va berilgan “zakaz”ni bajardi”.

Bahrom Hamroyev bilan suhbatni quyida tinglang:

Баҳром Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:45 0:00
Бевосита линк

Bundan avval, joriy yilning fevral oyida Moskva viloyatining Lyubertsi shahar prokuraturasi o‘zbek faolini “fuqarolik holatini rasmiylashtirish hujjatlarini qalbakilashtirganlikda” ayblab, uni fuqarolikdan mahrum qilish harakatini boshlagan edi.

Hamroyev va uning faoliyati

Huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev bundan oldin ham FSB nazoratiga tushgani, 2016 va 2017 - yilda FSB va Rosgvardiya maxsus kuchlari uning kvartirasida tintuv o‘tkazgani Ozodlikda xabar qilingandi.

Bahrom Hamroyev Moskvada erkin saylov o‘tkazilishi talabi bilan 2019 - yilning avgustida bo‘lib o‘tgan mitingda hibsga olingandi.

O‘sha yil may oyida Moskvaning Tverskoy tuman sudi Bahrom Hamroyevni ayni modda bilan yakka piket uchun 15 ming rubl miqdorida jarimaga tortgan edi. Huquq himoyachisi 2019 - yilning 17 - aprelida Kreml maydonida Moskvaga tashrif buyurgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga qarshi “Rahmon! Siyosiy mahkumlarni ozod qil!” plakatini ko‘tarib chiqqani uchun ham javobgarlikka tortilgan.

U shuningdek, Shinjon uyg‘urlari, Qrim tatarlari, qirg‘izistonlik o‘zbeklar, rossiyalik siyosiy mahkumlar himoyasiga qator yakka piketlarni uyushtirgandi.

2018 - yilda unga nisbatan ikki o‘zbekistonlik muhojirni o‘z kvartirasida qaydga qo‘ygani uchun jinoyat ishi ochilgan edi.

Huquq himoyachisi 2010 - yilda himoyachi FSB xodimi tomonidan qattiq kaltaklangan; 2011 - yilda noma’lum shaxslar Hamroyevga uyi yaqinida hujum uyushtirgandi.

XS
SM
MD
LG