Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 22:38

Moskvada Armanistonning sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olindi


Armaniston sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan
Armaniston sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan

Armanistonning sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan Moskva shahri markazida qo‘lga olingan. Iddaolarga ko‘ra, bu 29-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Sobiq vazirning qo‘lga olingani haqida RBK nashri, TASS agentligi va "112" telegram-kanali xabar qilishdi.

Karapetyan Armaniston so‘roviga ko‘ra ushlangan. Avvalroq mamlakat rasmiylari uni xalqaro qidiruvga berishgan edi. Armanistonda Karapetyan tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etganlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlik va hokimiyat suiiste’moliga oid moddalar bo‘yicha ayblanmoqda.

Karapetyan 2018-2021-yillarda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Shundan so‘ng u mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimini egallagan, 2021-yilning iyul oyida esa mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan. O‘sha yil noyabr oyida esa Karapetyan ishdan bo‘shatilgan.

Bunga Armaniston va Ozarbayjon chegarasida ikki mamlakat qo‘shinlari o‘rtasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuv sabab bo‘lgan. Armaniston rasmiylari o‘sha paytda bostirib kirish urinishi bo‘lganini iddao qilishgan. Ozarbayjon esa Armaniston tomonidan provokatsiya bo‘lganini iddao qilgan.

Karapetyanning ishdan bo‘shatilish sabablariga izoh bera turib, Pashinyan: “2021-yil 14-noyabr kuni ertalab u menga chegara bo‘ylab vaziyat tinch ekani haqida hisobot berdi, vaholanki u hisobot topshirayotgan paytda Ozarbayjon qo‘shinlari chegaramizning qator uchastkalarida Armaniston hududiga bostirib kirishib, hatto pozitsiyalarni egallab olishgan edi. U mudofaa vaziri bo‘la turib, bu haqda bilmagan, yoki bila turib, menga xabar qilmagan, bunaqa holatlarda men hech kimga nisbatan toqatli munosabatda bo‘lolmayman”, deya bildirgan.

Karapetyan iste’foga chiqqanidan keyin “Butunarman jabhasi” deb atalgan muxolifat harakatiga yetakchilik qila boshlagan.

XS
SM
MD
LG