Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2021, Тошкент вақти: 09:18

Mustaqillikni tezlashtirgan "GKChP"ga 30 yil to‘ldi


GKChP a’zolari Boris Pugo, Gennadiy Yanayev va Oleg Baklanov.

Tarixga “GKChP” nomi bilan kirgan va O‘zbekiston mustaqilligini tezlashtirgan voqealar silsilasi o‘laroq ko‘rilgan 19 - avgust "putch"i sodir bo‘lganiga 30 yil to‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 1991 - yil 19-21 - avgust kunlari sodir bo‘lgan bu siyosiy voqeadan 11 kun o‘tib, O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan edi.

Bundan o‘ttiz yil avval Sovet Ittifoqini saqlab qolish uchun so‘nggi harakat o‘laroq, davlat to‘ntarishiga urinish sodir etildi. O‘zlarini Davlat Favqulodda Vaziyat Qo‘mitasi (GKChP) deb e’lon qilgan bir guruh ashaddiy kommunistlar Mixail Gorbachyovni SSSR prezidenti lavozimida chetlashtirib butun ittifoq hududida favqulodda vaziyat e’lon qilishga urinib ko‘rdi.

"Putch" deb atalgan fitna uch kun deganda barbod bo‘ldi. Lekin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining aksari "putch"ni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lsa-da, unga ochiqchasiga qarshi chiqmadi. Ular orasida birgina Qirg‘iziston SSR rahbari Asqar Aqayevgina boshdanoq putch davlat to‘ntarishi ekani va uni qoralashini ochiqchasiga e’lon qilgan edi.

Islom Karimov garchi sobiq sovet respublikalari rahbarlari orasida 19 - avgust kuni birinchilardan bo‘lib "GKChP" - Favqulodda holat davlat qo‘mitasini tabriklagan bo‘lsada, ammo uning nomi mamlakat mustaqilligi uchun kurashgan lider sifatida taqdim qilinib kelinmoqda.

Buni tarixiy faktning buzib ko‘rsatilishi, deb baholaydigan aksar tahlilchilar nazaridagi yana bir iddao esa Boris Yelsin Moskvada GKChPga qarshi isyon boshlagan bir pallada O‘zbekiston rahbariyatining jimlik saqlagani haqidagi da’vodir.

"Postda" gazetasida e’lon qilingan bu telegrammani o‘qib ko‘rgan jurnalist va rassom Shuhrat Bobojon ham o‘sha kunlarni eslar ekan, tovar poyezdiga osilib, Toshkentga - "Erk" partiyasining qurultoyiga borganini aytadi:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:03 0:00
Бевосита линк

1991 - yil GKChP joriy bo‘lgan paytda Toshkentda qamoqqa olingan jurnalist Anvar Usmonov "Islom Karimov GKChPni qo‘llab-quvvatlagan edi", deya eslaydi. U Ozodlikka o‘z tasarrufida buni tasdiqlaydigan hujjatlar borligini aytgan edi.

- O‘sha paytda SSSR xalq deputati bo‘lgan Po‘lat Oxunov GKChP tarafdorlari bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasining a’zosi bo‘lgan. Aynan Po‘lat Oxunov Islom Karimovning samolyot bortidan turib, GKChPni qo‘llab-quvvatlagani haqidagi telegrammani qo‘lga kiritgan. Menda u telegrammaning nusxasi hali ham bor, - deb xotirlagan edi Anvar Usmonov.

1991 - yil 20 - avgustda Islom Karimov Hindistondan uchib kela turib samolyot bortidan GKChPni qo‘llab-quvvatlovchi telegramma yuborgan edi.
Bu telegramma 1991 - yil “Postda” gazetasida e’lon qilindi.

Telegrammaning asl nusxasi GKChPga qarshi ochilgan jinoyat ishi hujjatlariga tirkalgani aytiladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:04 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistondagi "Erk" demokratik partiyasi 1991 - yilning 19 - avgustida baënot bilan chiqib GKChPni qoralagan edi.

Ozodlik¸ Bi-Bi-Si va Amerika ovozida e’lon qilingan bu baënotda "Erk" partiyasi O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida GKChPga qarshi demokratik kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan edi.

1991 - yil 19 - avgust kuni SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov Sevastopolning Balaklav tumanidagi "Zarya" dala hovlisida uy qamog‘iga olindi va uning hamkasblari uni kasal deb e’lon qilib, hukumatni qo‘lga olganini bildirdi.

Qora dengiz sohilida dam olayotgan Mixail Gorbachyovni tashqi dunyodan uzib qo‘yish, poytaxt Moskvaga qo‘shin kiritishga qaror qilindi.

1991 - yil 19 - avgustida sobiq SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyovga yaqin davlat arboblari Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKChP) tuzilganini e’lon qildi.

Bu davlat to‘ntarishi edi.

Demokratiya tarafdorlari Rossiyaning ilk prezidenti Boris Yelsin qarorgohi - Oq Uy atrofida barrikadalar qurishdi.

Uch kunlik kurash GKChP mag‘lubiyati bilan yakun topdi.

XS
SM
MD
LG