Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 02:27

NATO bosh kotibi: “Yangi reallikka moslashishimiz lozim”


NATO bosh kotibi Mark Ryutte
NATO bosh kotibi Mark Ryutte

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Shimoliy Atlantika ittifoqi hozirgi paytda Rossiyaning harbiy tahdidlariga javob berishga tayyor emasligini bildirdi. U alyansdagi ittifoqchilarni “urush davri tafakkuri” bilan fikrlash va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga chaqirdi.

Ryutte NATO bosh kotibi lavozimini egallagan 2024-yil oktyabr oyidan buyon so‘zlagan ilk katta nutqida “urushning oldini olish uchun biz unga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deya bayonot berdi.

NATO rahbariga ko‘ra, tahdidlarga nisbatan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish mudofaa salohiyatini kuchaytirish va qurol-aslaha sifatini oshirishni anglatadi.

Ryutte Moskva Ukraina va NATO bilan “uzoq muddatli konfrontatsiya”ga hozirlanayotganini urg‘uladi. U xavfsizlik sohasidagi hozirgi vaziyatni o‘z hayotidagi “eng xatarli” holat deb atadi va ittifoqchilarni “yangi reallikka moslashish”ga chaqirdi, deya xabar qildi “Yevronyus” telekanali.

XS
SM
MD
LG