Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:50

O‘MI: O‘zbekistonda Ramazon hayiti 10-aprelga to‘g‘ri keladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashiga ko‘ra, bu yilgi Ramazon hayiti 10-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu haqda ma’lumot tarqatgan O‘MI matbuot xizmati kengash bu qarorga fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda kelganini bildirgan.

Ulamolar kengashining onlayn majlisida olimlar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi hamda hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilingan.

Kengash qarorga kelishida dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlarining batafsil ko‘rib chiqilgani hamda turkiy davlatlar diniy idoralari mas’ullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilingani o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan.

XS
SM
MD
LG