Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:01

O‘sh viloyatida sel toshqini oqibatida bir kishi nobud bo‘ldi


Qirg‘iziston FVV tomonidan voqea joyida olingan fotosurat
Qirg‘iziston FVV tomonidan voqea joyida olingan fotosurat

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sel toshqini bir mashinani oqizib ketgani natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmati mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining 21-aprel kungi ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Mirzake – Qorag‘ulja – Oloyquv avtoyo‘lining 41-kilometrida (Qorag‘ulja tumani) ichida bir erkak, ikki ayol va bir yosh bola bo‘lgan avtomobilni sel toshqini surib ketgan.

Qayd etilishicha, ayollar va bolani mahalliy aholi vakillari qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan, haydovchini esa oqim surib ketgan. Qidiruv ishlari natijasida erkak jasadi topilib, qarindoshlariga topshirilgan.

O‘sh viloyatining Oloy, Qorag‘ulja, O‘zgan va Qorasuv tumanlarida 20-aprel kuni yog‘ib o‘tgan shiddatli jala sel toshqini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Mazkur tumanlarda favqulodda holat tartibi e’lon qilingan.

FVVning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat tufayli avtomobil yo‘llarining bir qanchasi yopilib qolgan, toshqin oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Vazirlik 21-23-aprel kunlari ham mamlakat janubidagi O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi tog‘oldi hududlarida sel xavfidan ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG