Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:40

O‘shlik haydovchilar O‘zbekiston rasmiy idoralari talabidan norozi


O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish maskani (arxiv surati)
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi "Do‘stlik" nazorat-o‘tkazish maskani (arxiv surati)

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida yuk mashina haydovchilari 2-aprel kuni Transport va kommunikatsiya vazirligi vakolatxonasi binosi oldida miting o‘tkazib, qo‘shni O‘zbekistonga kirish qiyinlashib ketganidan shikoyat qilishgan.

Ozodlikning qirg‘iz xizmati xabariga ko‘ra, mitingda Xitoydan tovar tashish bilan shug‘ullanuvchi yuzga yaqin haydovchi ishtirok etgan. Ular o‘zbekistonlik mulozimlar tovar olib kirish uchun ruxsatnoma talab qilayotganlari tufayli Xitoydan O‘zbekistonga yuk yetkazib bera olmayotganini aytishgan. Ular Qirg‘iziston tomoni ham o‘zbekistonlik haydovchilardan shunga o‘xshash ruxsatnoma talab qilishi lozimligini qayd etishgan.

Yig‘ilganlar transport va kommunikatsiya vaziri Tilek Tekebayev bilan uchrashuv uyushtirilishini talab qilishgan. Transport vazirligining O‘shdagi vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar bilan vazirlikning Quruqlik va suv transporti departamenti direktori Tariyel Keldibekov uchrashadi.

O‘zbekiston tomoni joriy yilning 1-aprelidan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirib kelayotgan yuk mashinalari haydovchilaridan yuk olib kirishga maxsus ruxsatnoma talab qila boshlagan.

XS
SM
MD
LG