Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 03:25

O‘zbek-qozoq chegarasida maxfiy lahm topildi


Neft kontrabandasida gumonlanib, o‘zbek-qozoq chegarasida qo‘lga olingan shaxslar (Turkiston viloyati prokuraturasi fotosi)
Neft kontrabandasida gumonlanib, o‘zbek-qozoq chegarasida qo‘lga olingan shaxslar (Turkiston viloyati prokuraturasi fotosi)

Qozog‘iston janubida neft mahsulotlarini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga o‘tkazish maqsadida foydalanilgan yashirin tunnel topildi. Bu haqda Qozog‘istonning Turkiston viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Bir guruh shaxslar tomonidan Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasida 450 metr uzunlikda tunnel qazilgan. Ushbu lahm orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan”, deyilgan viloyat prokuraturasi xabarnomasida.

Ma’lum bo‘lishicha, noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan bo‘lib, maxsus tadbirlar mobaynida bu ishga daxldor jinoiy guruhning barcha a’zolari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari aniqlangan,

Shu kabi tadbirlar O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan chegara hududida ham o‘tkazilgan. Surishtiruvlarda qo‘shni davlatdan eksport qilingan yonilg‘i uchun mablag‘ o‘tkazish sxemasi o‘rtaga chiqqan.

Qozog‘iston hududida ham, O‘zbekiston hududida ham transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan prokuratura bayonotida.

Markaziy Osiyo davlatlari chegara hududlarida yashirin tunnellar topilishi birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Ozodlik avvalroq o‘zbek-qirg‘iz chegarasida valyuta va boshqa mollarni noqonuniy o‘tkazishda foydalanilgan to‘rtta tunnel topilgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG