Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 10:01

O‘zbek-qozoq chegarasidagi "Dovut ota" o‘tkazish maskani uch oyga yopiladi


O‘zbek-qozoq chegarasidagi uchastkalardan biri (arxiv surati)
O‘zbek-qozoq chegarasidagi uchastkalardan biri (arxiv surati)

Joriy yilning 1-fevralidan O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi “Dovut ota” (“Tajen”) nazorat o‘tkazish maskani 3 oy muddatga yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Mazkur cheklovlar chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda”, deyilgan xabarnomada.

Qo‘mita “Dovut ota” chegara maskani yopilishi munosabati bilan chegaradan kesib o‘tuvchilardan “Yallama”, “Zangiota”, “Oq oltin” va “Malik” chegara punktlari orqali harakatlanishni so‘ragan.

Bojxona qo‘mitasi ayni paytda ruxsat etilgan vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining “Dovut ota” bojxona maskani orqali harakati to‘xtatilmasligi, aksincha uzluksiz davom ettirilishini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG