O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti joriy yil 5-fevralidan e’tiboran 4 oyga yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumot tarqatdi.
Xabarnomada bojxona maskanining vaqtincha yopilishi u yerdagi “qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida” amalga oshirilayotgani aytilgan, biroq "G‘ishtko‘prik"ning qaysi sanagacha yopiq turishiga aniqlik kiritilgan emas.
Qo‘mita qaydicha, “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati chorshanbadan boshlab “Navoiy” chegara-bojxona maskaniga yo‘naltiriladi. Toshkent tumanidagi “Navoiy” maskani “G‘ishtko‘prik”ka yaqin yerda joylashgan.
“Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi”, deyilgan bojxona qo‘mitasi xabarnomasida.
Avvalroq Ozodlik fevral oyi boshidan o‘zbek-qozoq chegarasidagi “Dovut ota” (“Tajen”) bojxona maskani 3 oy muddatga yopilishi haqida xabar qilgan edi.