Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:19

O‘zbekiston ikki oyda xorijga 1,32 mlrd dollarlik oltin sotdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga 1 milliard 317 million 800 ming dollarlik oltin eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning dastlabki ikki oyida sotilgan oltin qiymatidan 11,5 foizga ko‘pdir.

Statistika agentligi hisobotida ko‘rsatilishicha, 2023-yil yanvar-fevralida mamlakat chetga 1 milliard 182 million dollarlik oltin sotgan edi.

Avvalroq Ozodlik O‘zbekiston o‘tgan yil mobaynida jami 25 tonna oltin sotib, eng ko‘p oltin eksport qilgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek, oldinroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari joriy yilning yanvar va fevral oylarida 2,37 milliard dollarga kamaygani bildirilgan.

Markaziy bank qaydicha, 2024- yilning 1-mart holatiga ko‘ra oltin-valyuta zaxiralari 32 milliard 195 million 800 ming dollarni tashkil etgan.

MB joriy yilning 1-yanvar holatiga mazkur ko‘rsatkich 34 milliard 564 million 700 ming dollarga, 1- fevral holatiga esa 33 milliard 415 million dollarga teng bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG