Линклар

Шошилинч хабар
16 май 2024, Тошкент вақти: 22:11

O‘zbekiston intellektual mulk bo‘yicha “qora ro‘yxat”dan chiqarildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston intellektual mulk huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSH Savdo vakilligining 301-maxsus hisobotida kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarilgan. Bu haqda ma’lum qilgan Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti qaydicha, mazkur “qora ro‘yxat”ga 2000-yilda kiritilgan O‘zbekiston 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolayotgan edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi”, deyilgan Intellektual mulk departamenti xabarnomasida.

Departament vakillari e’tiroficha, “qora ro‘yxat”dan chiqishga oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning intellektual mulk huquqlari savdo aspektlari to‘g‘risidagi bitimi (TRIPS) talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar va boshqa harakatlar natijasida erishilgan.

O‘zbekiston intellektual mulk bo‘yicha “qora ro‘yxat”dan chiqishi ortidan mazkur ro‘yxatda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat Turkmanistongina qolgan.

XS
SM
MD
LG