Линклар

Шошилинч хабар
17 январ 2025, Тошкент вақти: 20:38

O‘zbekiston Qirg‘izistondan olti milliard kub metr suv oldi


Qirg‘izistondagi Norin daryosi (arxiv surati)
Qirg‘izistondagi Norin daryosi (arxiv surati)

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston Qirg‘izistondan olti milliard kub metr suv olgan. Bu haqda Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Almazbek Sokeyev parlament yig‘ilishida gapirgan.

Qayd etilishicha, suv O‘zbekistonga Norin, So‘x, Oqbura daryolari va meliorativ kanallar orqali kirgan.

Qirg‘iziston Qozog‘istonga ham 558 million kub metr yetkazib bergan.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Qirg‘izistonda yig‘iladigan 47 milliard kub metr suvdan 12 milliardi mamlakatning ichki ehtiyojiga sarflansa, qolgan qismi qo‘shni davlatlarga ketadi.

Markaziy Osiyo daryolar havzalaridan suv olish davlatlararo kelishuv orqali tartibga solinadi.

Avvalroq “Chegarasiz daryolar” xalqaro jamoatchilik fondi yetakchi eksperti Yevgeniy Simonov Ozodlikka mintaqaning eng yirik suv arteriyasi bo‘lmish Sirdaryo resurslari bebiliska sarflanayotgani haqida aytib bergan edi.

XS
SM
MD
LG