Линклар

Шошилинч хабар
28 Iyul 2026, Toshkent vaqti: 17:50

O‘zbekiston QK dronlarga qarshi kurashga e’tibor qaratmoqda

Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari (QK) o‘quv mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor zamonaviy janglarda yangi qo‘llanayotgan uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash, ularga qarshi kurashish, boshqaruv mahoratini oshirish hamda yangi taktik harakatlarni o‘zlashtirishga qaratilmoqda.Bu haqda 24-dekabr kuni Oliy Majlis Senatida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining doimiy jangovar shayligi muhokamasida so‘z yuritilgan.

QKni yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi va mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov axborot bergan.

Vazir ta’kidicha, armiyaning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirish uchun zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tahlillari hamda mutaraqqiy xorijiy armiyalarning ijobiy tajribasi tatbiq etilmoqda.

“Natijada o‘tgan yilga nisbatan jangovar shaylik tadbirlari 1,5 barobarga ko‘payib, qo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini oshirishga erishilgan. Qo‘shinlarda operativ tayyorgarlik tadbirlari hamkorlikdagi kuch tuzilmalarini keng jalb qilgan holda tashkil etildi. AQSH, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston armiyalari bilan hamkorlikda o‘quvlar o‘tkazilgan”, degan Mudofaa vaziri.

Ozodlik avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiya, Xitoy, Eron kabi katta davlatlar ishtirokisiz harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganiga e’tibor qaratgan, jumladan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylarining qo‘shma mashqlari tashkil etilgani haqida xabar qilgan edi.

Noyabr oyida ham “Forish” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

XS
SM
MD
LG