Линклар

Шошилинч хабар
17 феврал 2025, Тошкент вақти: 08:08

O‘zbekiston va BAA strategik sheriklarga aylanishdi


O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya imzolanishi jarayoni, Abu Dabi, 2025-yil 15-yanvari (Prezident matbuot xizmati fotosi)
O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya imzolanishi jarayoni, Abu Dabi, 2025-yil 15-yanvari (Prezident matbuot xizmati fotosi)

Joriy yilning 15-yanvar kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abu Dabidagi “Qasr ash-Shati” qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon uchrashuvi yakunida Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida, Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida, Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kabi hukumatlararo bitimlar ham ma’qullangan.

Ikki davlat rahbari iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini, jumladan, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi 6 ta asosiy yo‘nalishni belgilab olishgan.

Abu Dabi va Toshkent 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 10 barobarga ko‘paytirish va investitsiya portfelini 50 milliard dollarga yetkazish rejasini e’lon qilishgan.

Strategik sheriklik davlatlararo diplomatik munosabatlarning ittifoqchilikdan avvalgi bosqichidir.

BAA O‘zbekiston strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatgan o‘n oltinchi davlatdir. Hozirga qadar rasmiy Toshkent AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Hindiston, Pokiston, Qatar bilan strategik sheriklikka doir hujjat imzolagan. O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘iston bilan ayni paytda ittifoqchi ham hisoblanadi.

Ozodlik avval xabar qilganidek, O‘zbekiston so‘nggi bor 2024-yil aprel oyida Qatar bilan ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik maqomiga ko‘targandi.

XS
SM
MD
LG