Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:20

O‘zbekiston yana dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston yana dunyoda eng ko‘p oltin eksport qilgan mamlakat bo‘ldi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat martda 11 tonna oltin sotib, Tailand (10 tonna) va Iordaniya (4 tonna) kabi oltin eksportyorlarini ortda qoldirgan.

World Gold Council qaydicha, mart oyida Turkiya Markaziy banki 14 tonna, Hindiston va Xitoy MB 5 tonnadan, Qozog‘iston va Singapur MB esa 4 tonnadan oltin sotib olishgan.

O‘zbekiston fevral oyida ham eng ko‘p oltin sotgan mamlakatga aylangan edi. O‘shanda uning 12 tonna oltin eksport qilgani aytilgan.

Avvalroq Ozodlik O‘zbekiston 2023-yil mobaynida jami 25 tonna oltin sotib, eng ko‘p oltin eksport qilgan mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edi.

Statistika agentligining hisobotida qayd etilishicha, joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston xorijga 2 milliard 664 million 300 ming dollarlik oltin eksport (jami eksportning 41,7 foizi) qilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 10,5 foizga ko‘pdir. 2023-yilning bu davrida mamlakat chet elga 2 milliard 410 million 300 ming dollarlik oltin sotgan edi.

XS
SM
MD
LG