Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 01:13

O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlikda universitet ochadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston Yaponiya ko‘magida yangi xalqaro universitet ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Sukuba universiteti rektori Nagata Kyosuke uchrashuvida yapon ta’lim dasturi asosida xalqaro universitet tashkil etishga kelishilgan.

Tomonlar yangi universitet uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitishga yangi texnologiyalarni joriy etish, universitetning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilgan.

Tokio hukumati beg‘araz yordam dasturi doirasida o‘zbekistonlik davlat xizmatchilarining yapon oliy ta’lim muassalarida magistratura va doktorantura bosqichida tahsilini moliyalashtirib keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu dastur doirasida so‘nggi 20 yilda vazirlik va idoralarning 400 ga yaqin xodimi yapon universitetlarda tahsil olgan.

XS
SM
MD
LG