Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 01:59

O‘zbekistonda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov qo‘lga olindi


Aleksey Pivovarov
Aleksey Pivovarov

O‘zbekistonda 1-dekabr kuni “Redaksiya” yutub-kanalining tasvirga olish guruhi, bu guruh asoschisi bo‘lgan rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov hamda Hook nashri jurnalisti Farida Mexsetova ushlangan. Ular mamlakat to‘g‘risida hujjatli film suratga olayotgan bo‘lgan.

“Nukusga kelganimizda bizni IIV xodimlari suhbatga taklif qilishdi. Biz ular bilan gaplashdik, ularga o‘zimiz haqimizda va rejalarimiz haqida gapirib berdik, xodimlar o‘zlarini xushmuomala va sipo tutishdi. Hozir yo‘limizda davom etyapmiz. Hammasi yaxshi!”, deb yozgan Pivovarov qo‘lga olingan jurnalistlar taqdiridan xavotir olgan barchaga minnatdorlik bildirar ekan.

Pivovarov boshchiligidagi tasvirga olish guruhi Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida birinchi bo‘lib Podrobno.uz nashri xabar qilgan. Bu nashr ma’lumotiga ko‘ra, jurnalistlarning ushlanishiga qandaydir mahalliy turg‘undan tushgan ariza sabab bo‘lgan.

Hook iddaosicha, huquq-tartibot idoralari “Redaksiya” jurnalistlaridan tasvirga olingan butun materialni olib qolgan, keyin esa ular Toshkent aeroportiga yetkazilgan. O‘zbekiston tomoni bu ma’lumotni hozircha rasman tasdiqlagani yo‘q.

Aleksey Pivovarov NTV telekanalining sobiq muxbiri hamda RTVI telekanalining sobiq bosh prodyuseri bo‘lib hisoblanadi. 2019-yil martida jurnalist kontentining asosiy qismini yangiliklar va hujjatli filmalar tashkil qilgan “Redaksiya” yutub-kanalini ishga tushirgan.

Hozirda bu kanalning qariyb 4,5 yil obunachisi bor. Rossiya rasmiylari “Redaksiya” va Pivovarovni “xorijiy agent” deb e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG