Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:06

O‘zbekistonga tijorat uchun kelganlar soni bo‘yicha turkmanistonliklar peshqadam


O‘zbek-turkman chegarasidagi "Shovot-Toshhovuz" nazorat-o‘tish maskani (arxiv surati)
O‘zbek-turkman chegarasidagi "Shovot-Toshhovuz" nazorat-o‘tish maskani (arxiv surati)

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tijoriy maqsad bilan tashrif buyurgan xorijliklar orasida turkmanistonliklar 1-o‘rinni egallagan. Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ilk ikki oyda Turkmanistondan tijorat uchun kelganlar soni 12 ming 13 kishini tashkil etgan.

Mazkur ro‘yxatda tojikistonliklar ikkinchi (2 ming 937 kishi), afg‘onistonliklar uchinchi (582 kishi) o‘rinni egallagan.

Statistika agentligi 2024-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida 16 ming 900 kishi kelgani, bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan 3,1 baravarga ko‘p ekanini ma’lum qilgan.

Agentlik hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tijoriy ishlar bilan Xitoydan 260, Turkiyadan 243, Hindistondan 167, Janubiy Koreyadan 133, Qirg‘izistondan 101, Erondan 65, AQSHdan 61, qolgan mamlakatlardan esa jami 384 kishi tashrif buyurgan.

XS
SM
MD
LG