Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 03:32

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi


Harbiy holat e’lonidan keyin Seuldagi parlament binosi tomonga ketayotgan koreyaliklar , 2024-yil 3-dekabri
Harbiy holat e’lonidan keyin Seuldagi parlament binosi tomonga ketayotgan koreyaliklar , 2024-yil 3-dekabri

Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi ushbu davlatdagi vatandoshlarga shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘lig‘ingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz”, deyilgan diplomatik vakolatxona bayonotida.

Elchixona zarurat tug‘ilgan holatlarda +82 10 3213 4505 yoki +82 10 2909 4334 telefon raqamiga murojaat qilish mumkinligini eslatgan.

Ozodlik 3-dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etgani haqida xabar qilgan edi. U mazkur tadbirni konstitutsiyaviy tuzumni shimoliy koreyaparast kuchlardan himoya qilish istagi bilan izohlagan.

Tarkibiga prezident Yun Sok Yol ham kirgan hukmron partiya vakillari harbiy holat joriy etishga oid qarorni noto‘g‘ri deb atashgan. Muxolifatdagi Demokratik partiya esa mazkur qarorni Konstitutsiyaga zid ekanini urg‘ulagan.

3-dekabr oqshomida oshig‘ich ravishda yig‘ilgan Janubiy Koreya parlamenti prezidentning harbiy holatga doir qarorini bekor qilishni yoqlab ovoz bergan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, parlament va jamoatchilik bosimi ostida prezident Yun Sok Yol Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida harbiy holatni bekor qilishga va’da bergan.

XS
SM
MD
LG