Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:41

“Ochtiring mozorini, qaytadan tekshirishsin!” - O‘zini osgan xorazmlik kelin yaqinlari prokuraturani ishni bosti-bosti qilishda ayblamoqda


Shovotning Katqal’a qishlog‘ida bundan 7 oy oldin turmushga uzatilgan 19 yoshli M. Qadamboyeva shu yil 1 - aprelida molxonada osilgan holda topilgan edi.
Shovotning Katqal’a qishlog‘ida bundan 7 oy oldin turmushga uzatilgan 19 yoshli M. Qadamboyeva shu yil 1 - aprelida molxonada osilgan holda topilgan edi.

Xorazmda uyi molxonasida osilgan xolda topilgan Muxlisa Qadamboyevaning yaqinlari tuman prokuraturasini ishni "bosti-bosti qilib, jinoyat ishini sudga oshirmay harakatdan to‘xtatganlik"da ayblamoqda.

Shovotning Katqal’a qishlog‘ida bundan 7 oy oldin turmushga uzatilgan 19 yoshli M. Qadamboyeva shu yil 1 - aprelida molxonada osilgan holda topilgan edi.

Yaqinlari uning o‘limidan oldin homilador bo‘lgani va kaltaklanganini da’vo qilishgan.

Prokuratura xulosasida qizning o‘z joniga qasd qilganligi xolatida biron bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomati topilmaganligi sababli ish to‘xtatilgani aytilgan.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasida murda tekshiruvdan o‘tkazilgani va osilishidan oldin unga zo‘ravonlik qilingani belgilari bo‘lmagani ko‘rsatilgan.

Muhlisaning otasi Zafar Pirov esa qizining tanasida kaltakdan ko‘karib ketgan izlar ekspertiza nazaridan chetda qolganini da’vo qiladi.

“19 kun deganda ekspert hulosasini berishyapti. Bu xulosada marhum qizim bo‘yida bor edi, homilador emas deb yozilgan bu yerda. Bu yerda kuyov bo‘yniga oldim, deb turibdi urdim deb. Lekin bu yerda bir narsa bilan urilgan, deb yozilyapti.Kallasi, oyog‘i va belida urilgan izlari yo‘q deyilgan. Lekin, men o‘sha kuni tanasini ko‘rganman, ko‘zlari, yelkasi kaltakdan ko‘karib ketgandi. Lekin bu xulosa haqiqiy xulosa emas”, - deydi Zafar Pirov.

Qizning otasi tuman prokuraturasini ishni "moddiy manfaat evaziga bosti-bosti qilish"da ham ayblaydi.

“Qo‘y bu gapingni uka, bosti-bosti qilaylik” deb unga qo‘shnilari orqali chiqishgan. Men ko‘nmaganman. Osishini sababi zo‘ravonlik bo‘lgan. Ochtiring mozorini, qaytadan tekshirishsin, haqiqatni o‘rtaga chiqarishsin.Haqiqat qani. Yuqorida prezidentimiz bor, biz ham shuni farzndlari bo‘ladigan bo‘lsak nega bizni tinglashmaydi. Mayorni bolasi, militsiya boshlig‘ini bolasi yoki prokurorni bolasi bo‘lsa edi jinoyatchini darrov topib, olib borib turmaga tiqib qo‘yadi. Kolxozchini bolasi bola emasmi”, - deydi Pirov.

"Qani bu yerda haqiqat"

Muhlisaning onasi Rohatoy Boyjonova ham qizi o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazilganini aytib, prezident va bosh prokuraturadan bu ishni qaytadan tekshirishni talab qiladi:

“Ekspert xulosasini hali chiqmadi deyaverib 19 kun deganda qo‘limizga berishdi.Hammasi noto‘g‘ri yozilgan, bir joyida ham haqiqat ko‘rmadim. Yuzi va yelkasidagi ko‘kargan izlarni tan olishmagan. Ko‘zga ko‘rinib turgan tayoq zarbi izlarini murda dog‘i deb rasmiylashtirishgan.”Damas”ni ichida qizimni boshiga urishgan, lekin “Damas” ichida Murod bo‘lmagan, deb hulosa chiqarishgan. Qani bu yerda haqiqat. Tepada o‘tirganlar buni nega tekshirmaydi? Boyni bolasi boy kambag‘alniki kambag‘almi? Nega mening 19 yoshli qizim o‘lib ketishi kerak. Yuqorida o‘tirgan prezidentimiz, bosh prokuratura buni qaytadan tekshirishini talab qilaman. Qizim xomilador bo‘lmagan deyilgan. Qani haqiqat. Qonun-qoida pulga sotib olinaverar ekan-da”, - deydi Rohatoy Boyjonova.

Ozodlik muxbiri O‘zbekiston g‘arbidagi olis Katqal’a qishlog‘iga safar qilib, Muxlisani o‘limga yetaklagan omillarni o‘rgandi. Surishtiruv asnosida mahalla ahli, maktab muallimlari va qarindoshlar ikki masalada o‘z noroziliklarini bildirishdi.

"Na uchastkavoy, na mahalla raisi hech kim xabar olmadi seni uyingda birov o‘ldimi deb. Men ichkariga kirib jasadni o‘zim ochib ko‘rdim. Yuzini ko‘kargan joyi bor edi, ko‘zini mana shu yerida. Keyin qizlarga ham aytib, boshqa joylarini ham ko‘ringlar, dedim. Qizlarimiz ko‘rsa orqasida ham ko‘kargan joylari bor. Ekspertizada qonni yer deb yozilgan. To‘g‘ri qonni uyushgan joyi ham bor edi, lekin ko‘kargan joyi ham bor edi debJasadni olib kelishganida ochib ko‘rganman, yuzida ”, - deydi qo‘shnisi Baxtishod.

Shovot tumani hokimi Hakimboy Otaxonov va boshqa mulozimlar Ozodlik muxbiriga tumanda ro‘y bergan oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan izoh bermadi.

Ozodlikning Muhlisa o‘limi yuzasidan ekspertiza xulosasi bo‘yicha qarindoshlari shikoyati yuzasidan Shovot tumani prokuraturasidan ham izoh olish urinishlari besamar bo‘ldi.

Шовотлик иккиқат келин калтаклангани ортидан молхонада осилган ҳолда топилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:47 0:00

Voqea sodir bo‘lgan Shovot tumanining Katqal’a qishlog‘i mutaxassis ayoli Nazira Nurullayeva Muxlisa ishi respublika bo‘yicha shov-shuv bo‘lgach surishtiruv qattiq nazoratga olinganini aytadi.

“Albatta bu oilani tushunsa bo‘ladi, qizidan ayrildi. Lekin, tuman prokuraturasi bu ishni qattiq tekshirdi. Chunki, prezident qizi shaxsan bu haqda gapirdi, Senat raisi ham gapirdi. Shuncha shov-shuv bo‘ldi. Menimcha surishtiruv xolis o‘tkazildi”, - deydi Nurullayeva.

Ozodlik marhuma Muxlisa Qadamboyevaning turmush o‘rtog‘i va uning ota-onalariga ham bog‘landi, lekin ular matbuotga gapirishga istak bildirishmadi.

Xorazmning Turkmanistonga tutash Shovot tumanida oilaviy zo‘ravonliklar kuzatiladi.

2021 - yilning 15 - fevralida Shovot tuman Guliston mahallasidagi 30 yashar Doniyor singlisi tushgan Damas haydovchisini urib o‘ldirgan va singlisini qattiq kaltaklagan edi.

XS
SM
MD
LG