Parijdagi Olimpiadaning ochilish o‘yinida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida Ispaniya jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
“Park de Prens” stadionida 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisobni 29-daqiqada ispaniyalik futbolchi Mark Pubil ochdi.
Birinchi taym oxiriga borib o‘zbekistonlik futbolchilar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi – penaltidan urilgan golga jamoa sardori Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
O‘yindagi so‘nggi gol 62-daqiqada Serxio Gomes tomonidan urildi.
S guruhidagi keyingi o‘yinda O‘zbekiston termasi misrlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 27 iyul oqshomida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.