Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:32

Open Budget bo‘yicha ovoz yig‘dirishga uringan muovin jarimaga tortildi


O‘zbekistonda Open Budget loyihasi bo‘yicha odamlar ovozini sotib olish uchun turli vositalardan foydalaniladi (illyustrativ surat)
O‘zbekistonda Open Budget loyihasi bo‘yicha odamlar ovozini sotib olish uchun turli vositalardan foydalaniladi (illyustrativ surat)

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida odamlarni xizmat vazifalariga kirmaydigan Open Budget loyihasiga ovoz yig‘ishga targ‘ib qilgan va majburan jalb qilgan tuman hokimining o‘rinbosari jarimaga tortilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha komissiyasi ma’lumot tarqatdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumani hokimining yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini O‘lmas Istamov tumandagi SES, maktab va bog‘cha yetakchilariga tahdid qilib, Open Budget loyihasi bo‘yicha ovoz yig‘ishga majburlayotganiga oid audioyozuv tarqalgan va bu borada mas’ullardan izoh so‘rab murojaatlar qilingan edi.

Murojaatlar rasmiylar e’tiborini tortgan hamda Bosh prokuratura vakillarining Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazgan o‘rganishida davomida tuman hokimi o‘rinbosarining harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. Pirovardida Istamovga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Milliy komissiya barcha mas’ullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga chaqiradi”, deyilgan Senat komissiyasi bayonotida.

XS
SM
MD
LG