Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 00:58

Oq uy Kiyevga Rossiya ichkarisiga zarba uchun izn berilganini rasman tan oldi


Oq uyning Strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi
Oq uyning Strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi

AQSH prezidenti ma’muriyati Ukraina uchun Rossiya hududiga zarbalar berishda Amerikaning ATACMS ballistik raketalaridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ilk bor rasman tasdiqladi. Bu haqda Oq uyning Strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi 25-noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda bildirgan.

Hozirning o‘zida ularda [ukrainaliklarda – tahr.] o‘zlarini mudofaa qilish uchun zarurat tug‘ilgan taqdirda ATACMSlardan foydalanish imkoniyati bor. Bu hozirning o‘zida Kursk viloyati yaqinida sodir bo‘lmoqda”, degan Kirbi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududidagi hadaflarga uzoq manzilli raketalar bilan zarba berish uchun taqiqni olib tashlagani haqidagi xabarlar OAVda 17-noyabr kuni paydo bo‘lgan edi – bu haqda The New York Times nashri va Reuters agentligi AQSH hukumatidagi manbalardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda yozib chiqishgan. Biroq bu ma’lumot oldin omma oldida rasman tasdiqlangan emasdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 19-noyabrga o‘tar kechasi Bryansk viloyatidagi obyektga oltita ATACMS raketasi bilan zarba berilganini ma’lum qilgan. Moskva Oq uyning qarorini G‘arb mamlakatlari bilan bevosita urush o‘laroq baholashini bildirgan.

XS
SM
MD
LG