Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:44

Ostona Isroil va Eronga safar yuzasidan tavsiyalar bermaydi


Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov

Qozog‘iston TIV vakili vazirlik Isroil va Eronga safar qilishni rejalagan qozog‘istonliklarga tavsiyalar bermoqchi emasligini ma’lum qildi.

Biz inson o‘zi mustaqil ravishda qaror qabul qilishi lozim, deb aytishimiz mumkin. Bir tunga bir necha mamlakat havo hududini yopib qo‘ygani hamma narsa to‘xtab qolganini anglatmaydi. Parvozlar qayta boshlandi, faqat ayrim shirkatlargina o‘z parvozlarini to‘xtatishdi”, deya iqtibos keltirgan mahalliy agentliklar Qozog‘iston TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov so‘zlaridan. Vazirlik mulozimi bu gaplarni 15-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda bildirgan.

Smadyarovga ko‘ra, yuzga yaqin qozog‘istonlik Isroil hududida konsul qaydi tashqarisida yurgan bo‘lishi mumkin.

Isroil davlati hududida konsullik qaydida turgan qozog‘istonliklar soni, elchixona xodimlari va ularning oilalarini qo‘shib hisoblaganda, 123 kishini tashkil etadi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda bunga qo‘shimcha ravishda yana 100 ga yaqin Qozog‘iston fuqarosi bo‘lishi mumkin. Ular konsullik qaydida turishmaydi”, degan TIV matbuot kotibi.

Smadiyarovga ko‘ra, Tel-Aviv xalqaro aeroporti odatdagi tartibda ishlayapti, qozog‘istonlik fuqarolar esa Qozog‘iston konsuli bilan doimiy aloqada bo‘lib turishibdi. Vazirlik mulozimi mulohazasicha, Isroilni tark etish yoki bu mamlakatda qolishni davom ettirishga oid qarorni qozog‘istonliklar mustaqil ravishda qabul qilishi kerak.

Eronda konsullik qaydida turgan qozog‘istonliklarning umumiy soni, elchixona xodimlari va ularning oila a’zolarini qo‘shib hisoblaganda, 104 kishiga yetadi. Shuningdek, bu mamlakat hududida vaxta usuli bilan Qozog‘iston shirkatlaridan birining 174 nafar xodimi ishlaydi.

Kuni kecha Qozog‘istonning aviatsiya mas’ullari siyosiy vaziyat murakkablashib ketgani tufayli mamlakatdagi aviashirkatlarga Eron, Iroq, Iordaniya, Livan, Isroil, Misr va Suriya havo hududlaridan foydalanmaslikni tavsiya qilgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirgi paytda Qozog‘iston aviashirkatlari reyslarni mazkur mamlakatlar havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshirish maqsadida aviaqatnovlar jadvalini qayta ko‘rib chiqmoqda”, deya ma’lum qilgan Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati.

XS
SM
MD
LG