O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik joriy yil 1-martidan va 1-avgustidan ish haqi, pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yolg‘onligini urg‘ulagan.
“Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi”, deyilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi raddiyanomasida.