Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:22

OzodTarmoq: So‘xda uch egizak tug‘iliboq "zagranpasport" olish zarurati oldida qoldi


OzodTarmoq ruknida so‘xlik (Farg‘ona viloyat, So‘x tumani - atrofi Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan eksklav) Kamoliddin Azizov Feysbukdagi sahifasida yaqinda dunyoga kelgan uch yurtdoshi: Fotima, Zuhra va Hasanlar tug‘iliboq duch kelgan muammolar haqida yozdi.

Tabiiy, chaqaloqlar hozircha So‘x nimaliginiyu yurtdoshlari tashvishlari nimadan iboratligini bilmaydi.

Lekin So‘xda yashash qanchalik qiyinligini hali chillasi chiqmagan chaqaloqlarning bobosi Zokirjon yaxshi biladi. Bobo nabiralariga chet elga chiqish pasporti rasmiylashtirdi. Chunki so‘xliklar O‘zbekistonning asosiy hududiga Qirg‘iziston hududi orqali o‘tishlari kerak va buning uchun, mavjud tartibga binoan, ularning chet elga chiqish pasporti bo‘lishi lozim.

Kamoliddin Azizovning postini tahrir qilmay, qisqartirmay, imlo va stilistikasini saqlagan holda e’tiboringizga havola qilyapmiz.

***

So‘x tumanidagi Navobod mahallasida oddiy sartarosh Inomjon Habibjonov xonadonida uch nafar egizak,ikki nafar qiz,bir nafar o‘g‘il dunyoga keldi. Oddiygina qishloq oilasining rahnamolari chaqaloqlarga an’anaviy Fotima, Zo‘hra va Hasan ismlarini qo‘yishdi. Ayrim egizakli bo‘lgan xonadonlar kabi sho‘hratparastlik qilishmadi.

Lekin.So‘xlik Habibjonovlar oilalari peshanalariga yozib quyilgan ko‘p muammolarga duch kelishdi. Homilador kelin Shahrizodni mutaxassislar tavsiyalari bilan 5 - sentabr kuni Farg‘ona shahar to‘g‘riqxonasiga olib kelishdi.8 - sentabr kuni chaqaloqlar dunyo yuzini ko‘rishdi.

Egizaklar bobolari Zokirjon hujjatlar rasmiylashtirishlga kirishib ketdi. Kovidga ma’lumotnoma olish uchun bir sutka vaqt kerak. 120 kilometr yo‘l bosib, So‘xga kelib chaqaloqlarni to‘g‘ilganiklari to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirish. Guvohnomalar asosida, hali yigirma kunlik bo‘lmagan, chaqaloqlarga zagranpasport olish. Zagranpasport olish uchun egizaklarning ota-onalaridan notarial tasdiqlangan Ishonchnomalar rasmiylashtirish...

Bu vaqt davomida ishlarni oxiriga yetkazgunga qadar shahardan ijaraga kvartira olib,bir oycha yashab turishdi. Chaqaloqlarni sog‘lom katta qilish uchun uch chaqaloqqa bitta onaning suti yetmasligi aniq. Demak, ular sanoat usulidagi sut va bo‘tqalarga muhtoj. Ularning bugungi kundagi narxini aytmasak ham ko‘pchilik bilsa kerak.

Endi tasavvur qiling, go‘daklarning faqatgina ozuqasi uchun har oyda necha yuz minglab mablag‘ sarflanadi. Ehtimol, bir oila farzand kutayotganda bitta go‘dakni, boringki ikki go‘dakni katta qilishga qurbi yetishini biladi. Ammo uch nafar go‘dakning birdan tug‘ilishi har qanday ota-ona uchun ham moddiy, ham ruhiy qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin. Sarflangan xarajatlar talaygina bo‘lsada, hisob-kitob qilish hech kimning xayoliga kelmaga ham. Chunki So‘xliklar uchun bu muammolar odatiy holat.

XS
SM
MD
LG