Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:24

Pashinyan: “KXSHT suyanish mumkin bo‘lgan mexanizm emas”


Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan nima uchun respublika haligacha Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) a’zosi bo‘lib qolayotganiga oid savolga o‘zida javob yo‘qligini bildirdi.

Britaniya nashrlariga bergan intervyusida Pashinyan KXSHT chegaralar delimitatsiya qilinmaganini bahona qilib, 2021 va 2022-yillarda Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan Armaniston chegaralari buzilgan paytda javob mexanizmlarini ishga tushirmaganini qayd etgan.

U KXSHT Rossiya, Armaniston va boshqa a’zo mamlakatlar suyanishi mumkin bo‘lgan mexanizm o‘laroq mavjud emasligini urg‘ulagan.

“Bu KXSHTning reaksiyasi va ayrim a’zo mamlakatlarning bayonotlari bilan asoslanadi. Jamiyatimiz bizdan: “Nima uchun KXSHTga a’zo bo‘lib qolishda davom etyapsiz?” deb so‘rayapti. Ochig‘ini aytganda, menda bu savolga javob yo‘q”, degan Pashinyan.

Armaniston bosh vaziri Rossiya Janubiy Kavkaz mintaqasida sezilarli va jiddiy rol o‘ynashini ham bildirgan. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar qilgan.

Britaniyalik jurnalistlarga bergan intervyusida Pashinyan Yerevan Armaniston armiyasidagi islohotlar va modernizatsiya yuzasidan Ozarbayjondan kelayotgan bayonotlardan ham xavotirda ekanini qayd etgan.

Bosh vazirga ko‘ra, bir mamlakatning jangovar salohiyatli armiyaga ega bo‘lish huquqiga boshqa hech bir mamlakat qarshi chiqolmaydi.

U jangovar salohiyatga ega armiya faqat urush uchun emas, tinchlik uchun, kuchlar muvozanatini barpo qilish uchun ham muhimligini urg‘ulagan.

“Biz urushga emas, tinchlikka hozirlanyapmiz. Boshqa tomondan esa bizda Armaniston Respublikasi hujumga uchramasligiga hozircha ishonch yo‘q va tabiiyki, biz mudofaa qobiliyatimizni rivojlantirishimiz lozim”, degan Pashinyan.

Bosh vazir hozirgi paytda Armaniston o‘ta muhim bo‘lgan chegara demarkatsiyasi jarayoniga kirishayotgani, bu jarayon, xususan, xavfsizlik tahdidlarini kamaytirish nuqtayi nazaridan ham o‘ta muhimligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG