Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:56

Peterburgda yo‘lovchi avtobusi daryoga quladi, qurbonlar bor


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri markazida yo‘lovchi tashiydigan avtobus ko‘prikdan Moyka daryosiga qulab tushgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avtohalokat chog‘ida avtobusda 20 kishi bo‘lgan. TASS agentligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida uch yo‘lovchi halok bo‘lgan, yana olti nafari kasalxonaga yetkazilgan.

RIA "Novosti" esa FVVdan olingan ma’lumotga tayangan holda jabrlanuvchilarning to‘rt nafari klinik o‘lim holatidaligi, yana ikki kishining ahvoli og‘irligi haqida xabar qildi.

Shahar videokuzatuv kameralaridan olingani aytilgan va tarmoqda paydo bo‘lgan videoda avtobusni daryoga qulashi oldidan boshqarib bo‘lmay qolganini ko‘rish mumkin. U yengil avtomobillar bilan to‘qnashib ketgan.

Jabrlanganlarga ilk yordamni yo‘ldan o‘tib ketayotgan odamlar va avtohalokat guvohlari ko‘rsatganlar, deb yozgan “Fontanka” nashri. Ular yo‘lovchilarni avtobus tomidagi lyuk orqali chiqarishgan va ularga qutqaruv halqalarini tashlashgan.

Peterburgdagi avtohalokat yuzasidan “ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

XS
SM
MD
LG