Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:30

Prokuratura xodimi yonidan psixotrop moddalar topildi − DXX


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisining yonidan “Zardeks” nomli 50 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumot tarqatdi.

DXX qaydicha, buning ortidan tezkor tadbir davom ettirilib, prokuratura xodimiga dori sotggan samarqandlik 27 yoshli fuqaro ham Toshkent shahrida qo‘lga olingan, undan ham 300 dona “Zardeks” dori vositasi ashyoviy dalil o‘laroq musodara etilgan.

Inson miyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan bu dori vositalari O‘zbekistonga Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingani, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.

Avvalroq prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi” avj olgani yuzasidan xavotir izhor qilgan edi. O‘sish dinamikasidan tashvish bildirgan Mamatov narkojinoyatlar bilan bog‘liq aniq raqamlarni ochiqlagan emas.

Muqaddam “Yuksalish” umummilliy harakati 2019-yil yakunida O‘zbekistonda narkotik vositalari bilan bog‘liq 5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgani, narkodispanserda hisobda turganlar soni esa 5698 nafarga yetgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG