Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:09

Prokuror bloger Olimjon Haydarovga 9 yilu 6 oy qamoq jazosi tayinlashni so‘radi


Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyul kuni qora niqob kiygan maxsus xodimlar tomonidan hibsga olingandi.
Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyul kuni qora niqob kiygan maxsus xodimlar tomonidan hibsga olingandi.

Farg‘ona viloyatida o‘tayotgan sud jarayonida davlat ayblovchisi tarmoqlarda tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan bloger Olimjon Haydarovga 9 yilu 6 oy qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.

Bu haqda Ozodlikka sud jarayonida qatnashayotgan advokatlardan biri ma’lum qildi.

Shu yilning 29-iyulida hibsga olingan Olimjon Haydarov O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 2-qismi (Ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish)da ayblangan.

Shuningdek, bloger JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) va 165-moddasi 2-qismi “a” “b” bandlari (Takroran yoki xavfli retsedivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ham ayblanadi.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Jinoyat ishlari sudida (Vodil shaharchasida) dushanba kuni o‘tgan tomonlar muzokarasida prokuror Mirzohid Ermatov Olimjon Haydarovni Jinoyat kodeksining unga nisbatan qo‘llangan barcha bandlari bo‘yicha aybdor deb topish va 9 yilu 6 oyga ozolikdan mahrum qilish, jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash va "jabrlanuvchilar" foydasiga 50 million so‘m miqdorida moddiy zarar undirishni so‘ragan.

"Ўзимни сиёсий маҳбус деб ҳисоблайман". Олимжон Ҳайдаров устидан тергов тугаб, иш судга оширилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:33 0:00

"Kasbiy faoliyati bilan bog‘liq"

Ismini ochiqlamaslikni so‘ragan advokatlardan biri Ozodlikka blogerga qo‘yilgan ayblar "mutlaqo asossiz" ekani va sud tergovida bironta ayb o‘z isbotini topmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, himoya tomoni Olimjon Haydarov ustidan tergov va sud jarayoni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq deb ishonishini ta’kidladi.

"Tergov organining himoyamiz ostidagi Haydarovga nisbatan ilgari surayotgan iddaolari uydirma. Albatta, sudning bu ayblovni to‘la rad etib, oqlov hukmi chiqarishiga ishonamiz. Negaki, sud majlislarida bironta epizodda Haydarovga qo‘yilgan ayblov o‘z isbotini topmadi", dedi Ozodlik bilan suhbatda advokatlardan biri.

Sudda asosan, Olimjon Haydarov o‘z chiqishlarida tanqid qilgan mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari, jumladan, Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, shuningdek, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIBB xodimi hamda Farg‘ona viloyatidagi bozorlardan birining ta’sischisi Haydarovga qarshi ko‘rsatma bergan.

Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyulida salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksi rahbarlaridan 10 ming dollar talab qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. U Farg‘ona viloyati IIB va Qo‘qon shahar prokuraturasi qoshidagi Departament xodimlari ishtirokidagi maxsus amaliyot davrida maxsus kimyoviy ishlov berilgan pul bilan ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborotlash va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi avgust oyida mamlakatdagi OAV rahbarlariga uning qo‘lga olinishi aks etgan video lavhani namoyish qilgan.

Biroq mahkama jarayonini kuzatayotgan Ozodlik manbasiga ko‘ra, maxsus amaliyot borasidagi bu video lavhalar jinoyat ishi materiallarida mavjud emas.

“Қандай ҳукуматга эга бўлиш-ўзбек халқининг иши”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00

"Siyosiy sabablar"

Olimjon Haydarovning o‘zi hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotida o‘zini “siyosiy mahbus” deb atagandi.

Blogerning iddaosicha, uning qamalishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy- professional faoliyati bilan bog‘liq. U o‘z faoliyati davrida yirik korrupsion sxemalarni fosh qilganini aytgan.

Avvalroq Ozodlik bilan eksklyuziv suhbatda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik o‘zbek rasmiylarini so‘z va matbuot erkinligini hurmat qilishga chaqirgan edi:

“O‘zbekiston oxirgi bir necha yilda matbuot erkinligi borasida ulkan qadamlarni qo‘ydi. Ammo shu bilan birga, blogerlarga qarshi jinoyat ishlari tashvishga sabab bo‘lmoqda. Men O‘zbekiston hukumatini matbuot, so‘z va ifoda erkinligini hurmat qilishda davom etishga chaqiraman. Hukumat bu jinoyat ishlari ortida siyosiy sabablar turmaganiga amin bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”.

Demokratiya, siyosiy erkinliklar va inson huquqlarini kuzatuvchi Freedom House xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zining 2023-yilgi hisobotida O‘zbekistonni internet erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida qoldirdi. Tashkilotga ko‘ra, prezident Mirziyoyevning ayrim islohotlariga qaramasdan O‘zbekiston avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG