Линклар

Шошилинч хабар
17 сентябр 2021, Тошкент вақти: 18:46

Putin «Sputnik» vaksinasi bilan emlanganini oshkor qildi


30 - iyun kuni o‘tkazilgan anjumanda Putin mamlakat bo‘ylab karantin choralari kiritilmasligiga umid qilayotganini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aholi bilan bu yilgi muloqotini rossiyaliklarni COVID-19ga qarshi vaksina olishga undashdan boshladi.

Rasman «Jonli liniya» deb nomlanuvchi anjuman Rossiyada koronavirusga chalinayotganlar va virus tufayli nobud bo‘layotganlar soni oshib borayotgan bir kezga to‘g‘ri keldi.

30 - iyun kuni o‘tkazilgan anjumanda Putin mamlakat bo‘ylab karantin choralari kiritilmasligiga umid qilayotganini aytdi.

Prezident, shuningdek, aholi vaksina olishga majburlanmasligini qo‘shimcha qildi. Rossiyaliklar mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksina hamda hukumatga ishonchsizlik bilan qarayotgani uchun Rossiya sanoatlashgan mamlakatlar orasida emlanganlar soni bo‘yicha ortda bormoqda.

29 - iyun kuni sog‘liqni saqlash idoralari bir kun ichida qariyb 21 ming kishi virus yuqtirganini hamda 652 o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi. Bu ko‘rsatkich Rossiya uchun yangi antirekorddir. Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada umumiy hisobda 135 000 dan ziyod COVID-19 bilan aloqador o‘lim qayd etildi.

Putin oddiy rossiyaliklar dardiga quloq solishini ko‘z-ko‘z qilishga qaratilgan shou boshida Putin birinchi marta mahalliy «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanganini aytdi. O‘tgan yilning dekabrida yopiq eshiklar ortida emlangan Putin qaysi vaksinani olgani haqida turli xil fikrlar tarqalgan edi.

Putin «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqqanlar raqiblaridan nohaq o‘zib ketmasligi uchun bugunga qadar qaysi vaksina bilan emlanganini jamoatchilikka oshkor qilmaganini iddao qildi.

«Bu masalada chalasavod va mish-mish tarqatadigan odamlarga emas, balki mutaxassislarga quloq solish kerak», - dedi prezident. Rossiyaliklar orasida o‘tkazilgan so‘rovlarning aksari ular koronavirusga qarshi emlanishga oshiqmayotganini ko‘rsatdi.

O‘tgan yillarda Kreml bir necha soat davom etadigan tadbir davomida Putinni Rossiyaning o‘tmishdagi va hozirgi yutuqlarini maqtaydigan, shuningdek, axlatxonalardan tortib, to‘lanmagan ish haqi kabi mahalliy muammolarga e’tibor qaratadigan xayrixoh rahbar o‘laroq ko‘rsatib keladi.

Muloqot davomida Putin go‘yo oddiy ruslar telefon orqali bergan savollarga, shuningdek, SMS yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan savollarga javob beradi.

O‘tgan yili Kreml bu tadbirni pandemiya tufayli bekor qilgan edi. Bu yilgi tadbir esa Rossiyada milliy parlament saylovlari o‘tkazilishidan 11 hafta oldin uyushtirildi.

Putin pandemiya sharoitida ommaviy cheklovlar to‘g‘risida qaror chiqarishni mahalliy rasmiylar zimmasiga yukladi.

Ayrim epidemiologlar epidemiya trayektoriyasi Rossiyada avgust oyi oxiri yoki sentabr oyi boshida ko‘rsatkichlar maksimal darajaga yetishini ko‘rsatayotganini aytmoqda. Bu esa 19 - sentabr boshlanadigan saylovlarga juda yaqindir.

Parlamentning quyi palatasida o‘z hukmronligini saqlab qolishga umid qilayotgan «Yagona Rossiya» partiyasi uchun bu boshog‘riq bo‘lishi mumkin.

Keyingi yillarda «Yagona Rossiya» reytingi tushib ketdi. Natijada Kreml va Prezident ma’muriyati siyosiy partiyalar va alyanslar bilan hamkorlik qila boshladi. Shuningdek, partiya taniqli shaxslar yoki yuqori lavozimli rasmiylari yordamida o‘z reytingini ko‘tarishga urina boshladi.

Hukumat, shuningdek, muxolif siyosiy harakatlarni, jumladan, surishtiruvlari bilan Putinning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatgan korrupsiyaga qarshi kurashchi Aleksey Navalniyning faoliyatini keskin chekladi.

Joriy oyda «Yagona Rossiya» partiyasining qurultoyida rasmiy ravishda partiyaga a’zo bo‘lmagan Putin hukumat saylovlargacha yo‘llar kabi infratuzilma loyihalariga katta miqdorda mablag‘ sarflanishiga ishora qildi.

Putinning reytingi hali ham yuqori, ammo so‘nggi yillarda ziddiyatli pensiya islohotlari, oshmayotgan maoshlar, turmush darajasi pasayib borayotgani va chuqur ildiz otgan korrupsiya tufayli oldingidan pastladi.

XS
SM
MD
LG