Линклар

Шошилинч хабар
28 апрел 2025, Тошкент вақти: 16:30

Qirg‘iziston O‘zbekiston doxil xorijiy o‘lkalarga chorva eksportini vaqtincha to‘xtatdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaliggi vazirligi Veterinariya xizmati joriy yilning 31-yanvaridagi buyruqqa muvofiq ravishda mol-qo‘y va otlar eksporti vaqtincha to‘xtatilgani haqida ma’lum qildi.

Mazkur qaror nima sababdan qabul qilingani ochiqlanmagan, biroq kuni kecha Qirg‘iziston hukumatida “mamlakatda oziq-ovqat narxlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan” majlis bo‘lib o‘tgan edi.

Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, suv zaxiralari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Baqit Torobayev “hozirgi paytda mamlakatda oziq-ovqat zaxiralari yetarli darajada” ekanini bildirgan.

Shunga qaramay, u oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirayotganlarga nisbatan keskin choralari ko‘rilishidan ogohlantirdi. Oziq-ovqat narxlari ustidan puxta nazoratni amalga oshirish vazifasi Iqtisodiyot va tijorat vazirligi, Aksilmonopoliya boshqaruvi xizmati, prezidentning viloyatlardagi muxtor vakillari, mahalliy davlat ma’muriyatlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralariga topshirildi”, deya urg‘ulagan Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, o‘tgan yili yanvar oyidan noyabr oyigacha Qirg‘iziston 217 ming bosh qo‘y-echki va 122,5 ming bosh qoramol eksport qilgan va ularning hammasi O‘zbekistonga sotilgan.

So‘nggi marta shu kabi taqiq 2024-yil sentyabrida Qirg‘izistonda go‘sht narxi oshishi manzarasida joriy etilgan edi.

XS
SM
MD
LG