Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:47

Qirg‘izistonda folbinlik reklamasi taqiqlanishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qirg‘iziston parlamentining ijtimoiy siyosat qo‘mitasi 1-aprel kuni “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga folbinlik va sehrgarlik reklamasini taqiqlash ko‘zda tutilgan o‘zgartishni birinchi o‘qishda ma’qullagan.

Parlament matbuot xizmati qaydicha, qonun loyihasiga muvofiq okkultistik xizmatlar (shu jumladan shomonlik, fol ochish, spiritizm, g‘aybdan xabar berish, sehrgarlik va boshqalar) va shundan xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar reklama qilinishi taqiqlanadi. Deputatlar bunday reklamani axborot-telekommunikatsion tarmoqda, tashqi reklamada, internet hamjamiyatlarda, shuningdek, radio va televideniyeda taqiqlashmoqchi.

Qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biri - deputat Marlen Mamataliyev fikricha, hujjat “okkultistik, sehr va boshqa” ishonib bo‘lmaydigan usullarni qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish sohasida “fuqarolar ongini manipulyatsiya qilish”ning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Deputat Mamataliyev 2023-yil noyabrida ham okkultistik-mistik xizmatlar reklamasini taqiqlash to‘g‘risida qonun loyihasi taklifi bilan chiqqan edi. O‘sha paytda u yagona tashabbuskor bo‘lgan. Deputat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritilishi mistik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi tushunchalarni aniq-tiniq chegaralab qo‘yish, ya’ni “insofsiz fuqarolarning firibgarlik bilan amalga oshiradigan xatti-harakatlarini axborot maydonida reklama qilish”ni taqiqlashga imkon berishini qayd etgan edi.

XS
SM
MD
LG