Линклар

Шошилинч хабар
18 июн 2021, Тошкент вақти: 01:19

"Qo‘rquv faktori". Yangi siyosiy partiya tuzayotganlar byurokratik to‘siq va qo‘rqitishlar haqida gapirmoqda


O‘zbekiston yoshlari mahalliy hokimiyatlar, o‘quv yurtlari rahbariyati tomonidan uyushtirilgan tadbirlarda faol qatnashadi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining "maqbul tavsiyalari"ni milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etadi.

Bu haqda 6 - yanvar kuni o‘tgan yig‘ilishda MSK raisi M.Abdusalomov bayonot berdi.

Mulozim YeXHT ning qaysi tavsiyalari "maqbul" ekaniga aniqlik kiritgani yo‘q. 2019 - yildagi parlament saylovlarini kuzatgan xalqaro tashkilot hay’ati saylovlar avvalgilaridan erkinroq o‘tgani, ammo saylov tizimidagi o‘zgarishlar "muxolifatning o‘rnini to‘ldira olmagani"ni aytgan edi.

MSK yig‘ilishi haqidagi rasmiy xabarda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar yana bir bor ta’kidlangan, biroq kelayotgan prezident saylovlarida YeXHT nazarda tutgan muxolifatning ehtimoliy ishtiroki borasida hech narsa deyilmagan.

2019 - yil dekabrida MSK raisi Abdusalomov O‘zbekistonda muxolifat partiyalariga "to‘siq borligi"ni rad etgan edi. U muxolifat partiyalariga to‘siq "avval bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo hozir yo‘q"ligini aytgan.

Biroq o‘tgan vaqt mobaynida mamlakatda bironta ham yangi mustaqil siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tkazilgani yo‘q.

Ayni paytda yangi partiya tuzishga harakat qilayotgan tashabbus guruhlari bu yo‘lda byurokratik to‘siqlar va jiddiy qarshiliklarga duch kelayotganliklarini aytishmoqda.

"Yangi partiya tuzyapmiz. Lekin ismim sir qolsin"

13 - yanvar kuni Ozodlikka O‘zbekistonda yangi siyosiy partiya tuzilayotgani to‘g‘risida xabar keldi. Telegramdan jo‘natgan nomasiga partiya nizomi va dasturini ham ilova qilgan xabar muallifi ismi sir saqlanishini so‘radi.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda shu kunda kamida 5 ta yangi siyosiy partiya tuzish ustida ish ketmoqda. Shu kungacha ikki tashabbus guruhi partiya tuzish ustida ish boshlaganini e’lon qilgan. Bu guruhlar yetakchilari xayrixohlari va o‘zlariga nisbatan qo‘rqituvlar bo‘layotganini bildirdi.

Partiya tuzishga urinishlarni kuzatib kelayotgan ikki jurnalist – biri keksa, ikkinchisi yosh avlod vakili – fikricha, mamlakatda hukm surayotgan qo‘rquv muhitida yangi partiyalar tuzilish ehtimoli juda oz.

Yangi partiya tuzilayotgani to‘g‘risidagi xabarni, partiya nizomi va dasturini jo‘natgan adresat Ozodlikning qo‘shimcha ma’lumot so‘rab yozgan xatiga javoban Yandexdagi elektron pochtasini jo‘natib, savollarni shu pochtaga yozishni so‘radi. Ozodlik Telegramdan jo‘natgan so‘rovini uning elektron pochtasiga jo‘natdi, ammo hozircha javob olgani yo‘q.

Ozodlik “egasi” aniq bo‘lmagani uchun 13 - yanvarda kelgan xabarda tilga olingan partiya nomini ochiqlamoqchi emas. O‘zbekiston prezidenti saylovida ham qatnashajagini nizomida belgilab qo‘ygan bu partiya dasturida mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatni o‘nglashning bir qator yo‘llari nazarda tutilgan. Masalan, bu partiya hokimiyat tepasiga kelib qolsa, ko‘pxotinlilikka ruxsat bermoqchi, bir kunlik eng kam ish haqini bir kilo go‘sht narxiga tenglashtirmoqchi.

Sotsialistlar, monarxistlar va boshqalar

O‘zbekistonlik yurist Jur’at Tojiyev
O‘zbekistonlik yurist Jur’at Tojiyev

O‘zini “Milliy uyg‘onish xalq harakati tashabbuschisi” deb tanishtirgan huquqshunos Jur’at Tojiyevning aytishicha, tuzilayotganini shu kungacha ko‘pchilik eshitib bo‘lgan ikki partiyadan tashqari “shu kunda yana sotsialistlar partiyasi, qandaydir vatanparvarlar partiyasi, faqat rus tilida so‘zlashuvchilar partiyasi tuzilayotgani to‘g‘risida gap-so‘zlar yuribdi”.

Yotubedagi “Ko‘zgu” kanali muallifi, jurnalist va bloger Abduqodir Mo‘minov Monarxistlar partiyasini tuzmoqchi bo‘layotgan bir arbob bilan yaqinda videosuhbat uyushtirmoqchi ekanligini bildirdi.

Sotsialistlar, vatanparvarlar, rus tilida so‘zlashuvchilar, monarxistlar partiyalari to‘g‘risidagi gaplar hali uzunquloq gaplar darajasidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi hamda “Xalq manfaatlari” partiyasi jamoatchilikning faol qatlami tiliga tushib qolganiga 5-6 oy bo‘lib qoldi.

Qayddan o‘tish yo‘lidagi qo‘rqituvlar

Mahmudjon Yo‘ldoshev
Mahmudjon Yo‘ldoshev

O‘zbekiston qonunlariga binoan, u yoki bu partiya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun rasmiy qayddan o‘tishi kerak. Pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev yetakchiligidagi tashabbuschilar guruhi “Xalq manfaatlari” partiyasini qayddan o‘tkazish yo‘lidagi birinchi qadamni tashlaganiga – tashabbuschilar guruhi majlisi bayonnomasini Adliya vazirligiga topshirganiga 14 - yanvarda roppa-rosa bir oy to‘ldi.

Qo‘rquv faktori O‘zbekistonda juda kuchli. Partiyani rasmiy ro‘yxatga olish uchun qo‘yilgan talablar ham shu faktorni kuchaytirishga qaratilgan.

Mahmudjon Yo‘ldoshevning aytishicha, shu kunda qonunda belgilab qo‘yilgan talab: kamida 8 ta viloyatdan 20 mingta imzo yig‘ish ustida ish ketyapti. Qonunga binoan, shuncha imzo yig‘ilgach, Adliya vazirligi bu imzolarni tekshirib chiqib, ularning haqiqiyligini tan olgach, ta’sis qurultoyi o‘tkazishga ruxsat beradi va qurultoydan keyin partiya rasmiy qayddan o‘tkazilishi mumkin.

Biroq Mahmudjon Yo‘ldoshevning aytishicha, imzo yig‘ish jarayoni byurokratik to‘siqlar tufayli, imzo yig‘uvchilar va imzosini qo‘ymoqchilar kuch ishlatar tizimlar xodimlari tomonidan qo‘rqitilayotgani sababli juda sust ketmoqda:

“Qo‘rquv faktori O‘zbekistonda juda kuchli. Partiyani rasmiy ro‘yxatga olish uchun qo‘yilgan talablar ham shu faktorni kuchaytirishga qaratilgan. Hatto qo‘shni davlatlarda ham partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish juda oson. Mana, imzo yig‘ishda ham viloyatlarda kuch ishlatar idoralar, huquq-tartibot idoralari qo‘rqitish bilan yengilgina muvaffaqiyatga erishyapti”.

Xidirnazar Allaqulov
Xidirnazar Allaqulov

Mahmudjon Yo‘ldoshev o‘z maslakdoshlari qo‘rqitilayotgani yuzasidan yaqinda Ichki ishlar vazirligiga rasman arz qilganini, natijada qo‘rqitganlar qolib, uning o‘zidan tushuntirish xati olishganini aytib berdi.

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulov yetakchiligidagi tashabbuschilar guruhi “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasini tuzmoqchi. Allaqulovning aytishicha, guruh dastlabki qadam – tashabbuschilar guruhi majlisini hali o‘tkazgani yo‘q.

Aqli mustaqillik davrida to‘lganlar 40 qa kirib qoldi. Shuncha vaqt ichida yoshlar zombiga, manqurtga aylantirildi.

“Ishimiz jadallashiga odamlardagi qo‘rquv juda katta halaqit beryapti. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan yili tug‘ilganlar 30 ga kirdi. Aqli mustaqillik davrida to‘lganlar qirqqa kirib qoldi. Shuncha vaqt ichida yoshlar zombiga, manqurtga aylantirildi. Shunday siyosat yuritildi. Butun aholi, shu jumladan, yoshlar qo‘rquvda ushlab kelindi. Ikkinchidan, bir umr qo‘rquvda yashagan kattalar o‘z bolalarini ham siyosatga aralashishdan qaytaryapti”, - dedi Xidirnazar Allaqulov.

Ayni paytda Mahmudjon Yo‘ldoshev ham, Xidirnazar Allaqulov ham ularning partiyasiga xayrixohlarning o‘rtacha yoshi 35-40 ekanini, yoshlar ham ko‘p ekanini aytishdi. Biroq bu gaplarni qabul qilishdan oldin ular bunday deyishdan manfaatdor ekanligini unutmaslik lozim.

Ikki avlod, bir fikr

Tursun Qoratoyev
Tursun Qoratoyev

Taniqli siyosiy sharhlovchi Tursun Qoratoyev yangi siyosiy partiyalar tuzish yo‘lidagi harakatlarni yaqindan kuzatib kelayotganlardan biridir. U hatto “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi tashabbuschilari majlislaridan birida qatnashgan ham.

Tursun Qoratoyevning aytishicha, o‘sha majlisda qatnashganlarning mutlaq ko‘pchiligi yoshi 60, 70 dan oshganlar edi: “O‘shanda ikki yoshni ko‘rdim. Ular bir chetda tomoshabin bo‘lib o‘tirishdi, xolos”.

Gazi yo‘qligini o‘z ismi bilan aytishga jur’at qilolmayotganlardan siyosiy faollik kutish mantiqsizlikdir.

Yoshlarning siyosiy faol emasligi, Tursun Qoratoyevning fikricha, ularga har tomonlama, ko‘pincha bilvosita tazyiqlar o‘tkazilayotgani oqibatidir:

“Masalan, Baxtiyor Karimning (“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri, “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi tashabbuschilaridan biri) koronavirus bahonasi bilan 40 kundan ortiq izolyatsiyada ushlab turilishining o‘ziyoq jamiyatga, yoshlarga signaldir. Siyosatga aralashgan odamning boshiga nima ishlar tushishi mumkinligi yoshlarga Baxtiyor Karimning misolida yaqqol ko‘rsatib qo‘yildi”.

Tursun Qoratoyevning fikricha, O‘zbekistonda qo‘rquv faktori juda kuchli: "Gazi yo‘qligini, chirog‘i yonmayotganini, ya’ni bor faktni o‘z ismi bilan aytishga jur’at qilolmayotganlardan siyosiy faollik kutish mantiqsizlikdir”.

O‘zbekistonda yangi muqobil siyosiy partiyalar tuzish yo‘lidagi harakatlardan Youtubedagi “Ko‘zgu” kanali muallifi, jurnalist va bloger Abduqodir Mo‘minov ham yaxshi xabardor.

Tuzilayotgan partiyalar hayotiga oid yangiliklarni deyarli yolg‘iz o‘zi yoritib kelayotgan 30 yashar bu bloger yoshlarning siyosiy passiv qolayotganini shu kunda ko‘zga ko‘rinib qolgan ba’zi “siyosiy jurnalistlar”ning yoshlarga salbiy namuna bo‘layotganidan ham", deb biladi.

Abduqodir Mo‘minov
Abduqodir Mo‘minov

Har qanday yutuq va natijaga erishish kattayu kichik jasoratni talab qiladi.

“Har qanday yutuq va natijaga erishish kattayu kichik jasoratni talab qiladi. Xalqimiz o‘z vaqtida shu qadar qo‘rqitib tashlanganki, hatto bu dunyo abadiy emasligini unutib qo‘ygan. O‘z haq-huquqini to‘laligicha himoya qilish kerakligini, buning uchun xolis bo‘lib ham aqlan, ham jismonan kurashish kerakligini oddiy va chuqur tushunmas ekan, hozirgi va avvalgi kunimizdagi kabi O‘zbekiston hukumati o‘z xalqini bir qancha talonchi monopollar, yuzsiz va bemehr siyostchilar bilan boshqarishda davom etadi.

Xalqimiz qo‘y kabi emasligini, u insonligini chuqur tushunib olishi kerak.

Xalqimiz qo‘y kabi emasligini, u insonligini, bu dunyoda odamlarga o‘xshab yashashga haqli ekanini, o‘z erkinligi va daromadini hukumat yoki bezbet monopollarga qo‘shqo‘llab berishga majbur emasligini, yaxshi yashash uchun esa doimo kurashish, qo‘rqmay, murosasiz harakat qilish kerakligini chuqur tushunib olishi kerak.”

XS
SM
MD
LG