Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:18

Qodirov o‘zini Putinning "loyihasi" deb atadi va komment uchun o‘ldirish bilan tahdid qildi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zini Putinning “loyihasi” va “piyoda askari” deb atadi va zimmasiga yuklangan vazifalarni “faxr bilan” ado etishini aytdi. Bu haqda Qodirov instagramdagi jonli efiri chog‘ida so‘zlagan.

“E’tiqodim meni shunday boshliqqa xizmat qilishga da’vat etadi. Senga masjidlar qurish va o‘z diningni o‘rganishga ruxsat berib qo‘yilgan ekan, bunday davlat va prezidentni himoya qilishga majbursan”, deya Qodirovdan iqtibos keltiradi “Grozniy-Inform”.

Checheniston rahbari Rossiyaga va shaxsan Putinga sadoqati haqida tez-tez gapirib turadi, o‘zini uning “piyoda askari” deb atagani ham birinchi marta emas.

O‘tgan yil iyulida, general-mayor unvonini olganidan so‘ng Qodirov Rossiya prezidentining sodiq piyoda askari ekanligini hamisha gapirishini va “agar u amr etsa, eng og‘ir vazifani bajarish uchun dunyoning narigi chekkasiga borishga tayyor”ligini aytgandi.

O‘tgan yili yozda Qodirov Vladimir Putinni Rossiyaning “umrbod prezidenti” qilishni taklif etgan.

Jonli efiri chog‘ida Qodirov izohlar qoldirgan foydalanuvchilardan biriga e’tibor bergan. U Checheniston rahbarini “shayton” deb atagandi. “Men seni topaman. Keyin ko‘ramiz shayton kimligini. Seni kechalari uxlay olmaydigan qilib qo‘yaman, hozirdan vasiyatingni yozib qo‘yaver, o‘lsang, oilangga qarashib turishsin”.

Qodirov foydalanuvchidan aloqa raqamlarini yuborishni so‘ragan: “Men juda ko‘p shaytonlarni yo‘q qildim, seni ham yo‘q qilaman”, degan u.

Aprel oyi oxirlarida Grozniy sudi Checheniston rahbariga qarshi jinoyat ishi ochishni rad etgan tergovchining harakatlarida qonunbuzarlik yo‘q deb topgandi.

Qodirovni mahkamaga tortishni esa huquqbonlar talab qilishgan, zero Checheniston rahbari 2019 - yilda ularga ochiqcha tahdid qilgan edi.

Xususan, u Chechenistonda inson huquqlari buzilishi holatlari haqida ma’lumotlarni chop etadigan huquqbon va jurnalistlarni, shuningdek, mintaqaviy hokimiyatning joylardagi mahalliy tanqidchilarini “o‘ldirishga” chorlagandi.

XS
SM
MD
LG