Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 04:53

Qozog‘istonda Bokudan Grozniyga parvoz qilayotgan uchoq quladi


Aqtauda qulagan uchoq, 2024-yil 25-dekabri
Aqtauda qulagan uchoq, 2024-yil 25-dekabri

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati markazi bo‘lmish Aqtau yaqinida yo‘lovchi uchog‘i qulab tushdi. Bu haqda xabar qilgan Ozodlikning qozoq xizmatiga ko‘ra, qulagan uchoq Bokudan Grozniyga qatnovni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Grozniyda quyuq tuman tushgani tufayli uchoq avvaliga Mahachqal’aga, keyin esa Aqtauga yo‘naltirilgan.

Axborot agentliklarining xabar qilishlaricha, Azerbaijan Airlines aviashirkatiga tegishli uchoq Kaspiy dengizi ustidan uchib o‘tayotgan paytda favqulodda holat signalini bergan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchoq qulaganini tasdiqlagan.

“Aqtauda uchoq qulagan joyga Qozog‘iston FVVga tegishli 11 ta texnika va shaxsiy tarkibdan 52 kishi yetib borgan. Ular yetib borishganda havo kemasi yonayotganini ko‘rishgan”, deyilgan FVV xabarnomasida.

Qutqaruvchilar aviahalokat sodir bo‘lgan joyda yong‘inni o‘chirishga kirishishgan.

Qozog‘iston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qulagan uchoq bortida 37 nafar ozarbayjonlik, 6 nafar qozog‘istonlik, 3 nafar qirg‘izistonlik va 16 nafar rossiyalik yo‘lovchi bo‘lgan.

Qozog‘iston FVV qaydicha, hodisadan so‘ng yo‘lovchilardan 25 nafari tirik qolgan.

Qozog‘iston Transport vazirligi uchoq qulashi hodisasi yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

“KazAeroNavigatsiya” korxonasi taxminiga ko‘ra, aviahalokat uchoqning qush bilan to‘qnashgani va rul boshqaruvi buzilgani tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG