Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:06

Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi


Yerlan Turgumbayev
Yerlan Turgumbayev

Qozog‘istonda 29-aprel kuni sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev qo‘lga olingan. Bu haqda 30-aprel kuni Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumot tarqatdi.

Ozodlikning qozoq xizmati xabariga ko‘ra, Sobiq vazir hokimiyat va xizmat vakolatlaridan chetga chiqqanlikda ayblanmoqda.

“Jinoyat ishida davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar mavjudligini hisobga olgan holda sudgacha tergovga oid boshqa ma’lumotlar ommaga oshkor qilinmaydi”, deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarnomasida.

Yerlan Turgumbayev qo‘lga olingani haqida 29-aprel oqshomidan mahalliy axborot agentliklari o‘z manbalaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qila boshlagan.

Mart oyida Bosh prokuratura 2022-yil Yanvar voqealari chog‘ida huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlamaganlik, shuningdek, fuqarolarga nisbatan qiynoq qo‘llaganlik bo‘yicha kuch ishlatar idoralar xodimlariga nisbatan tergov davom etayotganini ma’lum qilgan. O‘shanda BP Turgumbayev o‘tkazilayotgan tergovlar doirasida so‘roq qilinganini bildirgan.

61 yoshli Yerlan Turgumbayev 2022-yil 11-yanvarida ochiqlangan hukumatning yangi tarkibida vazirlik kursisini saqlab qolgan edi. O‘sha yil 25-fevralida prezident Qasim-Jomart Toqayev uni lavozimidan ozod qilgan. Keyinroq sobiq vazir bir necha oy prezident maslahatchisi lavozimida ishlagan, 2023-yilda esa Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) maslahatchisi etib tayinlangan.

2022-yildagi Yanvar voqealaridan keyin Qozog‘istonda yopiq sudlar natijasida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Karim Masimov, uning bir necha o‘rinbosari hamda sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov davlatga xiyonatda ayblanib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edilar. Bektanovning o‘rniga ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari — Milliy gvardiya va IIV ichki qo‘shinlari qo‘mondoni Ruslan Jaqsiliqov tayinlangan.

XS
SM
MD
LG