O‘zbekistonlik Ildar Bikchurkin Qozog‘istonda hibsga olindi. Bu voqea “Nastoyashchee vremya” telekanalida Bikchurkin taqdiriga oid lavha namoyish etilganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘lgan.
Bikchurkin chegara xizmati xodimlari uning pasportini tortib olishgani, u Qozog‘istonga pulsiz yashashga majbur bo‘layotgani va vataniga qayta olmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
20-dekabr kuni Ildar “Nastoyashchee vremya” muxbiriga Adilet Salimov ismli tergovchi uni Ostonadan Pavlodarga chaqirganini aytgan edi. Bu suhbat hibsga olish bilan tugagan.
Keyinroq Bikchurkin ikki sutkalik ma’muriy qamoqdan so‘ng sudlash uchun Pavlodar viloyatidagi Irtishsk tumaniga yo‘llangani ma’lum bo‘lgan. Bikchurkinga ko‘ra, chegarachilarga ularning muassasasi telelavhada eslatilgani “hecham yoqmagan”: “Menga: “Seni deb biz jabr ko‘rdik”, deyishdi. Tergovchi: “Seni deb dakki yedim, rahbariyatim ham”, dedi".
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Ildar Bikchurkin bir yildan buyon Qozog‘istonda pasportsiz yashamoqda. Uning hujjatlari Bikchurkin 2023-yil kuzida Qozog‘istondan Rossiyaning Omsk shahriga aylanma yo‘llar orqali yo‘l olgan paytida qozog‘istonlik chegarachilar tomonidan olib qo‘yilgan. Rossiyada noqonuniy migrant rossiyalik kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Biroq Ildar vataniga ketish o‘rniga Qozog‘istonga kirganidan keyin qozog‘istonlik chegarachilar oldiga borib, pasportida chiqish shtampisiz nima qilishi kerakligini so‘ragan. Bu so‘zlardan keyin o‘zbekistonlik yigit o‘tish punktining o‘zida qo‘lga olingan. Uning pasporti olib qo‘yilgan (chegarachilarga ko‘ra, sud bo‘lib o‘tguniga qadar) va u chegaradan noqonuniy o‘tganlikda ayblangan. Biroq uning ishi bo‘yicha sud hali ham bo‘lib o‘tgan emas.
“O‘shandan buyon sarson-sargardon yuribman. Hech qaerga rasman ishga joylasha olmayman, chunki hujjatlarim yo‘q, biron joyga ro‘yxatga ham qo‘yishmaydi. Arosatdaman. Xuddi asirlikda yurgandayman”, degan Bikchurkin.