Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:51

Qozog‘istonda yana bir qoraqalpoq faoli qo‘lga olindi


Rasul Jumaniyazov
Rasul Jumaniyazov

Qozog‘istonda mahalliy kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari O‘zbekiston rasmiylari so‘roviga asosan 31 yoshli qoraqalpoq faoli, “Olg‘a, Qoraqalpog‘iston” partiyasi a’zosi Rasul Jumaniyazovni qo‘lga olishgan. Bu haqda Ozodlikning qozoq xizmati xabar qildi.

“Olg‘a, Qoraqalpog‘iston” partiyasining Yevropada yashovchi lideri Aman Sagidullayevga ko‘ra, Jumaniyazov 26-mart kuniyoq ushlangan, biroq bu haqda faqat mart oyi oxirida ma’lum bo‘lgan.

Bir oy avval u men bilan bog‘lanib, O‘zbekiston maxsus xizmatlari unga tahdid qilishayotgani, O‘zbekistonga qaytishni talab qilishayotgani, aks holda, xalqaro qidiruvga berilishini aytishayotgani haqida gapirgandi. U faollarimizdan. 2021-yili [O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalari xodimlari] uni qo‘lga olib, kaltaklashgan. Biroq u internetda yozishni to‘xtatgan emas, Qoraqalpog‘istonda norozilik bildirib chiqqanlar otilgani uchun kim javob berishi lozimligiga oid masalani ko‘tarib kelgan. Shuning uchun ham uning og‘zini yopishga harakat qilishyapti. U qo‘rqmasdi, Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlari talab qilardi”, deya iqtibos keltirgan Sagidullayev so‘zlaridan Ozodlikning qozoq xizmati.

U Jumaniyazovning migratsiya markaziga borib, Qozog‘istonda qonunga muvofiq ravishda qolishi uchun hujjatlari muddatini uzaytirish arafasida yurganida qo‘lga olinganini qo‘shimcha qilgan.

Rasul Jumaniyazov 2024-yili Qozog‘istonda qo‘lga olingan qoraqalpoq faollaridan ikkinchisi bo‘lgan. Fevral oyida qozoq politsiyachilari huquq himoyachisi Aqilbek Muratbayni qo‘lga olishgan edi. Dastavval sud uni 40 sutkaga hibsga olish haqida qaror chiqargan, keyin esa qozoq rasmiylari Muratbayga boshpana izlovchi shaxs maqomini berishgan.

XS
SM
MD
LG