Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:32

Qozog‘istondagi avtohalokatda 8 nafar o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 3-aprel kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi chog‘ida O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi vafot etgan. Bu haqda Qozog‘iston IIVga qarashli Polisia.kz media-portali xabar qildi.

Xabarga muvofiq, Volvo yuk mashinasi va Toyota-Alhpard miniveni to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan mazkur avtohalokat Samara-Chimkent yo‘lining Marjonbuloq qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasining yo‘lda g‘ildiragi yorilib ketgan, buning natijasida Volvo haydovchisi mashinani boshqarolmay qolib, qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan va o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi miniven bilan to‘qnashgan.

Avtohalokat oqibatida Toyota-Alhpard haydovchisi doxil minivenda bo‘lgan sakkiz kishi voqea joyida jon taslim qilishgan.

Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sudgacha tekshiruv boshlanib, tegishli ekspertizalar o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Aqto‘bedagi YTHda o‘zbekistonliklarning vafot etgani bilan bog‘liq holat alohida nazoratga olingani, “mazkur masala yuzasidan O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsulxonasi Qozog‘istonning tegishli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda ishlayotgani” haqida bildirgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa avtohalokat chog‘ida vafot etgan o‘zbekistonliklar prezident Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali O‘zbekistonga olib kelinishi, ularning dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgani haqida ma’lumot tarqatgan.

XS
SM
MD
LG