Линклар

Шошилинч хабар
13 июн 2021, Тошкент вақти: 14:18

Quddus nega notinch? Savollar va javoblar


Isroil Sharqiy Quddusni annekciya qilib olgani xalqaro miqyosda tan olinmagan.

Sharqiy Quddusda Ramazon oyida falastinliklar Isroil politsiyasi va ko‘chirilgan yahudiylar bilan deyarli har kech to‘qnashdi.

Namoyishlar va to‘qnashuvlar shiddati turlicha bo‘lib, ular din, yer va siyosat bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra sodir bo‘ldi. Ammo bularning barchasi zamirida ham musulmonlar, ham nasroniylar, ham yahudiylar uchun muqaddas joylarga ega Quddus shahri uchun isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi davom etayotgan kurash yotadi.

So‘nggi ziddiyat va mojaro mohiyati Reuters agentligi tayyorlagan savol-javoblarda.

Namoyishlar qachon boshlandi?

Aprel oyi o‘rtasida Ramazon oyi boshlanishi ortidan falastinliklar iftorlikdan keyin Eski shaharning Damashq darvozasida to‘siq qo‘ygan Isroil politsiyasi bilan deyarli har kech to‘qnashdilar.

Falastinliklar to‘siqlarni yig‘ilish erkinligiga qo‘yilgan cheklov o‘laroq ko‘rdilar. Politsiya to‘siqlar tartibni saqlash uchun o‘rnatilganini aytdi.

Исроилликлар 52-марта Қуддус кунини нишонлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:12 0:00

Nega zo‘ravonlik yana avj oldi?

10 - may kuni Isroil Oliy sudi Damashq darvozasi yaqinida Shayx Jarrah mavzesida yashovchi falastinliklar uyidan ko‘chirilib, uylari isroilliklarga o‘tkazib berilishi yuzasidan o‘z qarorini chiqarishi kutilayotgan edi.

Ba’zi isroilliklar bu ko‘chaga allaqachon ko‘chib kelgan bo‘lib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan falastinliklar yonida yashamoqda.

Sud majlisi yaqinlashar ekan, falastinliklar va so‘l qanot isroilliklar ko‘proq namoyish uyushtira boshladilar. Ular falastinliklarni majburan ko‘chirish davom etsa, asosan falastinliklar yashaydigan mahallaning qolgan turg‘unlari ham ko‘chirilishi mumkinligi haqida xavotir izhor qildilar.

Shayx Jarrahda dindor yahudiylar qadimiy ruhoniy Odil Simonning maqbarasi deb hisoblovchi qabr ham joylashgan bo‘lib, u yerda yashovchi falastinliklar va maqbarani ziyorat qilgani kelgan dindor yahudiylar o‘rtasida tez-tez ziddiyat yuzaga keladi.

Avvalroq quyi sud ko‘rib chiqilayotgan er parchasi 1948 - yilgi urushgacha Sharqiy Quddusdagi yahudiylarga tegishli bo‘lgan, deb qaror chiqargan edi. Sud ishiga Isroilda va xalqaro miqyosda katta e’tibor qaratilmoqda.

Endi nima bo‘ladi?

Yakshanba kuni falastinliklarni uyidan haydab chiqarish bo‘yicha Oliy sud eshitishi keyinga qoldirildi. Yangi sessiya sanasi 30 kun ichida belgilanadi.

10 - may kuni Quddus kuni nishonlandi. Quddus kunida har yili yahudiylar Sharqiy Quddusning Isroil tomonidan 1967 - yilda bosib olinishi nishonlaydi. Bu safargi bayramda Quddusdagi ziddiyat keskinlashdi. Al-Aqso masjidi atrofida Isroil politsiyasi bilan kechgan to‘qnashuvlarda 300 nafardan ziyod falastinlik jarohat olgani xabar qilindi.

Nega Quddus bu qadar notinch?

Buning sabani uchta: siyosat, tarix va din.

Quddusning Eski shahar qismi markazida butun dunyo yahudiylari uchun eng muqaddas maskan – Ibodat tepaligi va musulmonlar orasida Haram ash-Sharif nomi bilan tanilgan tepalik joylashgan. Bu yerda qadimda yahudiy ibodatxonalari joylashgan bo‘lgan. Hozirgi kunda u yerda musulmonlarning ikki muqaddas masjidi – Qubbat us-Sahro masjidi va Islom dinidagi uchinchi muqaddas masjid hisoblanuvchi Al-Aqso masjidi joylashgan.

Shuningdek, nasroniylar ham shaharni Iso payg‘ambar voizlik qilgan, o‘lgan va qayta tirilgani aytiladigan joy sifatida qadrlaydi.

Isroil butun Quddusni o‘zining abadiy va bo‘linmas poytaxti deb biladi. Falastinliklar esa shaharning sharqiy qismini bo‘lajak davlatlari poytaxti bo‘lishini xohlaydilar. Isroil Sharqiy Quddusni anneksiya qilib olgani xalqaro miqyosda tan olinmagan.

Трамп Қуддус шаҳрини Исроил пойтахти сифатида тан олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:17 0:00

XS
SM
MD
LG