Линклар

Шошилинч хабар
21 июн 2021, Тошкент вақти: 12:16

Rasmiy Shovvozsoy videosi: Ozodlik surishtiruvini tasdiqlagan raddiya (VIDEO)


Ozodlikning 23 - fevral kuni e’lon qilingan surishtiruvi Ohangaronning jannatmakon Shovvozsoyidagi, davlat byudjetiga kamida yuzlab  million dollarga tushgan yashirin qarorgoh va suv ombori prezident Shavkat Mirziyoyev uchun qurilganini o‘rtaga chiqardi

Ozodlik surishtiruvi markazidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat kompaniyasi 24 - fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarni “asossiz va noxolis xabarlar” tarqatishda ayblab chiqdi.

“Ijtimoiy tarmoqlar”, bu - Ozodlik radiosi, “asossiz va noxolis xabarlar” esa, Ozodlikning bu bayonotdan bir kun avval e’lon qilgan surishtiruvidir.

Surishtiruv Ohangaronning jannatmakon Shovvozsoyidagi, davlat byudjetiga kamida yuzlab million dollarga tushgan yashirin qarorgoh va suv ombori 2017 - yil fevralidan boshlab Shavkat Mirziyoyev uchun qurilganini o‘rtaga chiqardi.

Ozodlik maxfiy qarorgoh joylashgan hududning O‘zbekistondagi uchish taqiqlangan olti zonadan biri ekanini ham aniqladi.

Va bularning hammasiga doir rasmiy, mustaqil va birinchi qo‘ldan ma’lumotlar, hujjatlar hamda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari xronologiyasini namoyish etdi.

1 - martga kelib, Ozodlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bu videosurishtiruvni tomosha qilganlar 1 milliondan oshdi.

Ozodlik Shovvozsoy majmuasi qurilishi tug‘dirgan o‘nlab savollar bilan Shavkat Mirziyoyev administratsiyasi¸ Bosh vazir Aripov matbuot xizmati va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov nazoratidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga 18 - fevral kuni yozma murojaat qildi. Surishtiruv e’lon qilingunga qadar ularning birortasidan javob kelmadi.

Xo‘sh, nega “O‘zbekiston temir yo‘llari” Ozodlikni o‘z nomi bilan atamayapti?

Ochilboy Ramatovning “Temir yo‘llari” nafaqat Ozodlik, balki Shovvozsoy qarorgohi va uning atrofidagi boshqa ko‘pgina narsalarni ham o‘z nomi bilan atayotgani yo‘q.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning rasmiy saytidagi pansionat va sanatoriylar ro‘yxatida “Shovvozsoy” degan dam olish maskani yo‘q.

25 - fevral kuni Ozodlik bog‘langan O‘zbekiston temir yo‘llarining bir necha xizmatchisi Shovvozsoy pansionati nomini birinchi marta eshitib turganini aytdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning rasmiy raddiyasi va unga ilova qilingan video Ozodlikning navbatdagi surishtiruviga asos bo‘ldi.

Bugungi videosurishtiruvda temir yo‘llari Shovvozsoy pansionati deb taqdim etgan joyning aslida nima ekaniga nazar tashlaymiz.

Суриштирув 2: Мирзиëев сирини ëпиш учун Шоввозсойда шоу уюштирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:55 0:00

Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Agar sizda Shovvozsoy majmuasi haqida ma’lumot, foto yoki videolar bo‘lsa, ularni Ozodlikka yuboring.

+420 602 612 713 (WhatsApp, Telegram, Viber)

+420 724 971 539 (WhatsApp, Telegram, Viber)

ozodlikmail@gmail.com

Videolarimizni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishni unutmang.

XS
SM
MD
LG