Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:24

Rassom-dizayner B. Haydarov: Hukumat o‘zbek tili uchun avtokorreksiya dasturi yaratishni zimmasiga olishi kerak


Toshkentlik rassom-dizayner Behzod Haydarov Internet tarmog‘ida keng omma uchun o‘zbek tilidagi matnni avtomatik to‘g‘irlaydigan dastur (avtokorreksiya) ishga tushirilishi zarur, demoqda.

Haydarov, asosiy muloqot maydoniga aylangan onlayn platformalarda savodni oshirish va o‘zbek tilini mukammal o‘rganish imkonini beruvchi dasturning yaratilishini hukumat zimmasiga olishi kerak, deb taklif qilmoqda.

Ayni taklif bilan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilganini aytgan Haydarov, konkret javob ololmaganini bildirdi.

25 yillik faoliyati davomida 3 mingdan ortiq kitobga badiiy muharrir bo‘lganini rassom shu kunda ishsiz ekani, ammo niyati shunday bir dastur yaratilishiga hissa qo‘shish ekanini bildirdi:

- Hozir o‘zbeklar dunyoning aksar davlatlarida bor. Muloqot esa, asosan Internetda - turli ijtimoiy tarmoqlarda. Masalan, rus yoki ingliz tilida matn yozsangiz, uni avtomatik to‘g‘irlaydigan dasturlar bor. Imlo xatosi, mazmuni, sinonimlari bilan bor. Qozog‘iston chiqardi, Qirg‘iziston ham. Lekin, O‘zbekiston ham shunday dasturni chiqarishi kerak va buni davlat o‘z zimmasiga olsa, bir shirkatga shu ishni topshirib, moliyaviy ta’minlasa, juda yaxshi bo‘lardi.

Haydarov, bunday dastur savodxonlikni oshirishi, savodxonlik masalasi esa bugungi kunda asosiy muammolardan biri ekanini ta’kidlaydi:

- Nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, ko‘chalardagi plakatlar, belgilarda ham xatolar tiqilib yotibdi. Hozir hamma matn yozyapti. Rossiyadagi minglab o‘zbekistonliklar ham tarmoqlarda matn yozyapti. Agar avtokorreksiya dasturi bo‘lsa, hamma o‘z xatolarini to‘g‘rilab, tushunib, savodini oshirib, yo‘lini topib olar edi. Savodxonlik - millatni rivojlanishida muhim. Ham O‘zbekistonimizning obro‘si, rivojlanishi uchun ham yaxshi bo‘lardi.

Quyida Behzod Haydarov bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Рассом дизайнер Б. Ҳайдаров: Ҳукумат ўзбек тили автокоррекция дастури яратишни зиммасига олиши керак
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:34 0:00
Бевосита линк

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 raqamiga yo‘llang, ayni raqam bilan Telegram, WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘laning!

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG