Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:24

Reuters: Ruslar Qozog‘istonni sanksiyaga tushgan tovarlar so‘roviga ko‘mib tashlamoqda


G‘arb sanksiyalari ortidan Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi keskin oshib ketgani kuzatilmoqda.
G‘arb sanksiyalari ortidan Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi keskin oshib ketgani kuzatilmoqda.

Rossiya kompaniyalari so‘nggi haftalarda qozoq hamkorlaridan G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘ramoqda, deya xabar berdi Reuters agentligi yetti manbaga tayangan holda.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin G‘arb Rossiya iqtisodiyotiga qarshi keng qamrovli sanksiyalar kiritdi. Bu esa Moskvani texnologiya va zaruriy mahsulotlarni import qilishda aylanma yo‘llarni izlashga undadi.

Iqtisodchilar ko‘plab tovarlar Turkiya va sobiq Sovet respublikalari orqali Rossiyaga olib kirilayotganini ta’kidlagan.

Anonimlik sharti bilan gapirgan yetti manbaga ko‘ra oxirgi paytda Rossiya podshipniklar va samolyot qismlaridan tortib nodir tuproq metallarigacha bo‘lgan mahsulotlarni olib kirishda Qozog‘istondan ko‘proq yordam so‘ragan.

Ikki manba Rossiyaning Qozog‘istondan yordam so‘rovlarini Turkiyaning sanksiyalangan tovarlar tranzitiga chek qo‘yish rejalari bilan izohladi.

Qozog‘istonlik tadbirkorning aytishicha, Avstraliyadan kelgan nodir metallarni yuk mashinasida olib o‘tishga yordam berish uchun unga 1 million dollar taklif qilishgan.

«Telefon va podshipniklardan tortib, samolyot qismlari va nodir metallargacha» bo‘lgan mahsulotlarni olib o‘tishda yordam so‘rashmoqda dedi tadbirkor. U rossiyaliklarning takliflarini rad etganini bildirdi.

Qozog‘iston hukumati rasmiy izoh berish so‘roviga javob qaytarmagan.

Manbalarning ta’kidlashicha, ruslar sanoat uskunalari, poyezdlar uchun podshipniklar, ilg‘or elektronika, radiotexnika, turbinalar, samolyot qismlari, xomashyo va hattoki bank kartalaridan iborat juda ko‘p mahsulotlarni Qozog‘iston orqali import qilishga urinmoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken shu oy mintaqaga qilgan safari chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlarini sanksiyalarga amal qilishga chaqirib, qo‘shimcha zararni qoplashda yordam berishga va’da berdi.

Blinkenning tashrifi arafasida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Markaziy Osiyo rasmiylaridan biri, savdogarlarning Rossiyaga tovarlarni qayta eksport qilishini to‘xtatish uchun hukumatlar biror chora ko‘ra olmasligini aytdi.

«Men bir Yevropa kompaniyasining ofisiga borib, ba’zi jihozlarni so‘raganimda, ular bu mahsulotlar Rossiyaga o‘tib ketishi mumkinligini aytib sotishdan bosh tortdi».

«Birozdan so‘ng, menga turk kompaniyasidan qo‘ng‘iroq qilib, o‘sha uskunani taklif qilishdi», dedi qozog‘istonlik tadbirkorlardan biri.

Turkiya o‘tgan oy AQShning kimyoviy moddalar, mikrochiplar va boshqa uskunalarni Rossiyaga eksport qilmaslik haqidagi ogohlantirishlaridan keyin Rossiya urushda foydalanishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilmasligini bildirdi. Anqara Turkiya hududida yoki Turkiya orqali G‘arb sanktsiyalarini chetlab o‘tishga yo‘l qo‘ymasligini va buning oldini olish uchun choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Украинага босқин: 233-кун | Кремль: Ғарбдан тўхтаган импортни Ўзбекистондан олишга тайёрмиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:41 0:00

Rossiya Qozog‘istonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda.

Qozog‘istonning Rossiyaga plastik quvurlar eksporti o‘tgan yili uch barobardan ko‘proqqa oshib, 12 million dollarni tashkil qildi.

Shu bilan bir qatorda, Qozog‘iston Yevropa davlatlari va Tayvandan kompyuterlar importini keskin oshirdi. Ularning qanchasi keyinchalik Rossiyaga reeksport qilingani noma’lum.

Yana bir manbaning aytishicha, Rossiya banklari Qozog‘iston orqali bank kartalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va materiallarni import qilmoqda.

Bir manba, nega noqonuniy savdoga qo‘shilishga qaror qilganini rus maqoli bilan tushuntirdi: «Urush kimgadir musibat, kim uchundir omad».

XS
SM
MD
LG