Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:55

Rossiya: 52 kishi nobud bo‘lgan ko‘mir koni egasi Mixail Fedyayev hibsga olindi


“Listvyajnaya” shaxtasi. Rossiya, Kemerovo oblast, Belov shahri.
“Listvyajnaya” shaxtasi. Rossiya, Kemerovo oblast, Belov shahri.

“Listvyajnaya” shaxtasi egasi, “SDS” xoldingi sheriklaridan biri va prezidenti Mixail Fedyayev 51 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash bo‘yicha so‘roq qilingandan so‘ng hibs etildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Fedyayev bilan birga yana uch kishi – “SDS-Ugol” bosh direktori Gennadiy Alekseyev, shirkat texnik direktori Anton Yakutov hamda “Listvyajnaya” bosh injeneri Anatoliy Lobanovlar ham qo‘lga olingan.

Ular xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzish (RF JKning 217-moddasi 3-qismi) va tijorat tashkilotida xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda (201-modda 2-qismi) ayblanmoqda. Tergov idorasi ularni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishi aytilgan.

25 - noyabr kuni ertalab “Listvyajnaya” shaxtasida sodir bo‘lgan portlashda 51 kishi – 46 shaxtyor va 5 qutqaruvchi nobud bo‘ldi. Portlash vaqtida yer ostida jami 285 kishi bor edi.

Dastlabki taxminga ko‘ra, shaxtyorlar metan gazi portlashi va uning oqibatlaridan halok bo‘lishgan. Falokat qurbonlarining qarindoshlari so‘nggi yillarda “Listvyajnaya” shaxtasida o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlanganini, ammo korxona rahbariyati ularni bartaraf etmay, konchilarni hayot uchun xatarli sharoitda ishlashga majbur qilganini ta’kidlashmoqda.

Shaxta xodimlaridan ikki nafari avvalroq “Nastoyashcheye vremya”ga konda metan datchiklari ko‘rsatkichlari ko‘p yillardan beri manipulyatsiya qilib kelinayotganini aytishgan. “Ularni olib tashlashardi, vassalom. Yoki ustiga yelimtasma yopishtirib qo‘yishar, yo bo‘lmasa ichiga siqilgan gaz purkashar va datchik hech nimani ko‘rsatmasdi”, deyishgandi telekanal suhbatdoshlari.

“SDS” xoldingi prezidenti Mixail Fedyayev va “SDS-Ugol” bosh direktori Gennadiy Alekseyev 2 - dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etgan yig‘ilishda “Listvyajnaya” shaxtasida odamlar o‘lgani uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga hozirliklarini bildirishgan.

Xususan, Alekseevga ko‘ra, “tashqi omillar” shaxtada barcha ishlar “juda yaxshi ketayotganini ko‘rsatgan”. Fedyayev esa “xavfsizlik va himoya vositalari uchun hech qachon pulni ayashmaganini, doimo eng yangi va eng zamonaviy uskunalar xarid qilingan”ini bildirib, hamma narsani inson omili “barbod qilgan”ini aytgan.

Millioner Mixail Fedyayev “SDS-Ugol” shirkati aktsiyalarining 50 foiziga egalik qiladi. 2019 yilda Forbes uning boyligini 550 mln dollarga baholagan edi. Portlash yuz bergan shaxta sohibi bo‘lmish “SDS-Ugol” Rossiyadagi eng yirik ko‘mir eksportchilaridan biridir.

“Meduza” nashri fojia yuz berishidan birmuncha oldinroq “Listvyajnaya”da tog‘ jinslari ko‘chib tushib, ventilyatsiya tizimiga zarar yetkazgani, shundan so‘ng metan gazi to‘planishi tezlashib, ko‘p o‘tmay xavfli darajadan bir necha baravar oshib ketgani haqida yozgan edi. Shunga qaramay rahbariyat, ko‘mir qazib olish rejasi bajarilmay qolishidan qo‘rqib, shaxtani yopmagan.

Odinroq sud shaxta direktori Sergey Maxrakovni ikki va undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan sanoat xavfsizligi talablarini buzishga doir ish bo‘yicha qamoqqa olgan edi. Direktor aybiga iqror bo‘lmagan.

U bilan birga shaxta direktorining birinchi o‘rinbosari Andrey Molostov va uchastka boshlig‘i Sergey Gerasimov, shuningdek texnik xavfsizlik nazorati uchun mas’ul idora – “Rostexnadzor” hududiy shu’basining ikki xodimi ham hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG